Yevroparlament Rossiya bilan hamkorlik kelishuvini toʻxtatishi mumkin

678
0

Yevroparlament Rossiya bilan hamkorlik kelishuvini toʻxtatishi mumkin

 Evropa parlamenti Rossiya tomoni bilan Sheriklik va hamkorlik boʻyicha kelishuvni toʻxtatish masalasini koʻrib chiqish taklifini berdi. Bu haqda Rossiya bilan munosabatlar toʻgʻrisida eʼlon qilingan hisobot loyihasida aytiladi.

 Taʼkidlanishicha, uni “oʻzaro manfaatli” mavzularda Rossiya bilan aniq hamkorlikka almashtirish taklif qilinadi. Qayd etilishicha, “Shimoliy oqim – 2” loyihasi Yevropa ittifoqining Rossiya gaziga boʻlgan qaramligini oshiradi, bu YeI yagona energetika bozoriga tahdid soladi.

 “Evropa parlamentining fikricha, Sheriklik va hamkorlik boʻyicha kelishuv toʻxtatilishi lozim. Rossiya hamda YeI oʻrtasidagi munosabatlar qayta tuzilishi va faqat xavfsizlik hamda tinch Yevropa tartibini kafolatlash uchun zarur boʻlgan, oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda davom etishi kerak”, – deya maʼlum qilishdi Yevroparlamentdan.

 Aniqlik kiritilishicha, Rossiya, shunga qaramay, yaqin kelajakda YeIning asosiy hamkorlaridan biri boʻlib qoladi.

 Shuningdek, Yevroparlamentda uchinchi mamlakatlardan boʻlgan xorijliklarga sarmoyalar evaziga YeI “oltin pasportlarini” olish imkonini beradigan dasturlarni bekor qilish taklifini berishdi. Xususan, xorijiy sarmoyadorlar hozirda Kipr pasportlarini olishlari mumkin.

 Avvalroq AQSh va Ukraina “Shimoliy oqim – 2”ga qarshi birlashgani xabar qilingandi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin bilan uchrashuvda maʼlum qilishicha, Kiyev va Vashington “Shimoliy oqim – 2” gaz quvuri loyihasini amalga oshirishga qarshi birgalikda ish olib boradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.