Qirgʻiziston rasmiy ravishda Xitoy ishchilariga eshiklarini ochib berdi

799
0

Qirgʻiziston rasmiy ravishda Xitoy ishchilariga eshiklarini ochib berdi

Qirgʻizistonda oʻn mingga yaqin Xitoy fuqarosiga ishlash uchun qonuniy ruxsat berildi. Qirgʻiziston Davlat migratsiya boshqarmasi tarafidan berilgan maʼlumotga koʻra, 2018 yilning boshidan buyon oʻn ikki ming nafar chet ellik fuqarolarga ishlash uchun ruxsatnoma berilgan.

Ayni paytda tashqi mamlakatdan kelib Qirgʻizistonda ish yuritayotgan ishchilarning 75 foizi Xitoy fuqarosi hisoblanadi.

“Butun Kыrgыzstan” siyosiy partiyasining rahbari Adaxan Madumarovning maʼlum qilishicha, hozirda 60 ming qirgʻiz qizi Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan.

“Xitoy biz uchun oʻta xavfli. Bu gaplarimni quloqlaringa quyib olinglar. Hozirgi kunda 60 ming qirgʻiz qizi Xitoy fuqarosi bilan rasmiy ravishda nikohdan oʻtgan. 60 ming qizimiz ikkitadan farzand koʻrsa 120 ming boʻladi, onalari bilan 180 ming boʻladi. Xitoy ekspantsiyasi (tarqalib, kengayib borishi) – bu juda xavfli narsa”, deydi Madumarov.

Xorijlik ishchilar ishga kirishga ruxsatnoma olish uchun 2018 yil boshidan buyon 43 million soʻm toʻlagan. Ishchilarning deyarli yarmi poytaxt Bishkekda ishlaydi. Ular konlarda, qurilishlarda, energetika sohasida, shuningdek savdo-sotiq va oziq-ovqat sanoati hamda sogʻliqni saqlash, ilm-fan va madaniyat kabi sohalarda faoliyat yuritishadi.

Soʻnggi 10 yil ichida Xitoy xansulari turli sabablar va yoʻllar bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlariga oqib kelayotgani kuzatilmoqda. Soʻngi paytlarda Tojikistonda qonuniy va noqonuniy tarzda yuz ming nafar xitoylik yurganligi maʼlum qilingan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.