AQSh Rossiyaning Kerch boʻgʻozidagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi

718
0

AQSh Rossiyaning Kerch boʻgʻozidagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi

 AQSh senati Rossiyaning Kerch boʻgʻozidagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Kerch boʻgʻozida Rossiya chegarasini buzganligi uchun uchta Ukraina kemalari qoʻlga olingan edi, deb yozmoqda “Hill” nashriga tayangan holda RIA “Novosti”.

 Yakshanba kuni Ukraina HDKga qarashli “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari – Rossiya chegarasini buzib, RFga qarashli xududiy suvlarga kirgan va Qora dengizdan Kerch boʻgʻoziga qarab harakatlangan. Ular xavfli manyovrlarni amalga oshirgan, Rossiya hukumatining qonuniy talablariga boʻysunmagan va natijada qoʻlga olingan edi.

 “Bugun senat (Rossiya prezidenti) Vladimir Putinga Azov dengizida Ukrainaga nisbatan uning hukumati agressiyasiga toqat qilmasligini anglatuvchi aniq signalni yoʻlladi. Biz Rossiyaning biryoqlama tartibda xalqaro qoidalarni qayta yozishga qaratilgan har qanday harbiy harakatlarini qatʼiy qoralaymiz”, – degan senator Kris Merfi.

 Senatorlardan yana biri Ron Jonson rezolyutsiya Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni ifodalashini bildirgan. U shuningdek, rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilingani haqidagi faktni maʼqullashini bildirgan.

 Rezolyutsiyada Rossiya harakatlari qoralanishidan tashqari, ushbu harakatlar “mintaqada notinchlikni yuzaga keltirayotgani” va “vaziyatni yanada oʻtkir tus oldirayotgani” haqida aytilgan. Senat dunyo hamjamiyatini Rossiyaning ushbu harakatlariga qarshi chiqish qilishga daʼvat qilmoqda.

 Ilgariroq Oq uy Rossiya tomonini ushbu hodisaga ishora qilgan holda AQSh prezidenti Donalьd Trampning Putin bilan Argentinada moʻljallangan uchrashuvini bekor qilgani haqida xabardor qilgan edi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov oʻz navbatida Kreml AQSh maʼmuriyatining ushbu qaroridan taassufda ekanligini maʼlum qilgandi. Peskov “kun tartibida turgan jiddiy xalqaro va ikkiyoqlama masalalar nomaʼlum muddatga qoldirilayotgani, ammo Putin amerikalik hamkasbi bilan aloqa oʻrnatishga tayyorligini” maʼlum qilgan edi.

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin sal oldin “Rossiya zovyot” investitsion forumi chogʻida Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Rossiya chegarasini buzib kirishi hodisasi boʻyicha izoh bergan va Kerchdagi hodisani Kiyev tomonidan siyosiy dushmanlarga bosim oʻtkazish rejasida boshlangan nopok oʻyin ekanligini aytib, unda oldindan tayyorlangan provokatsiya alomatlari mavjudligini taʼkidlagan edi.

 Putinning soʻzlariga koʻra, bu Ukrainada harbiy holat joriy qilish uchun bahona boʻlishi mumkin.

 Shuningdek, Putin Ukraina kema ekipajlari orasida ikki nafar Ukraina xavfsizlik xodimlarini boʻlganini eslatib oʻtdi. Ular aslida operatsiyani boshqarishgan. Rossiya rahbari bu voqea Rossiya va Ukraina munosabatlarini barqarorlashtirish harakatlariga hech qanday aloqasi yoʻqligini qayd etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.