Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashmasligi mumkin

565
0

Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashmasligi mumkin

 Kerch boʻgʻozida Ukraina kemalarini hibsga olinishi tufayli Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashuvni bekor qilishi mumkin.

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp Argentinada 30 noyabrь – 1 dekabrь kunlari boʻlib oʻtadigan G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

 “Balki, men uchrashuv oʻtkazmayman.. Menga bu agressiya yoqmayapti. Men umuman agressiyani xohlamayman”, – dedi Tramp.

 Shuningdek, AQsh prezidenti Milliy xavfsizlik xizmatidan boʻlib oʻtgan hodisa haqida yaqin kunlarda “batafsil hisobotni”kutayotganini taʼkidlab oʻtdi.

 Siyosatshinos Yuriy Svetovning fikriga koʻra, Ukraina tomonidan amalga oshirilgan provokatsiya maqsadlaridan biri bu – G20 sammitida Tramp va Putinning uchrashuv rejalarini barbod qilish boʻlgan.

 Maʼlumki, 25 noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdyansk”, “Nikopolь” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch boʻgʻozi boʻylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga boʻysunishmagan, oqibatda esa qoʻl olinganlar. Kerch sudi uch nafar yaralangan ukrainalik dengizchilarni ikki oyga hibsga oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.