Qirol Salmon: Biz “moʻʼtadil Islom” modelini qabul qilamiz

115
0

Qirol Salmon: Biz “moʻʼtadil Islom” modelini qabul qilamiz

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Bin Abdulaziz shoʻro kengashining yettinchi sessiyasiga rahbarlik qildi. Qirollik madhiyasi bilan boshlangan yigʻilishda Saudiya valiahdi shahzoda Muhammad bin Salmon ham ishtirok etdi.

Qirol Salmon oʻz nutqida Saudiya qirolligi Shariat ahkomlariga bogʻliq holda qolishini taʼkidlar ekan, ayi paytda “Moʻʼtadil Islom” va “dinlararo bagʻrikenglik” qadriyatlarini qabul qilishini bildirdi. Qirol Salmon nutqi davomida oʻzining vorisi shahzoda Muhammad bin Salmonning yangi avlod uchun islohotlar tayyorlayotganini aytib oʻtdi.

Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon valiahd etib tayinlanishidan boshlab Saudiyada “moʻʼtadil Islom” modeliga alohida eʼtibor qaratilganligi kuzatila boshladi.

Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda davom etajagini tilga olgan Qirol Salmon Bin Abdulaziz Falastin masalasini ustuvor masala deb hisoblashda davom ettishini taʼkidlab oʻtdi.

1930 yilda Najd mintaqasida keng quloch yoygan Saud oilasi Xalifalik davlatiga qarshi chiqib, inglizlarning yordami bilan Saudiya Arabistoni davlatini tashkil qilgan edi. Salmon ibn Abdulazizning otasi Abdulaziz Al-Saud Saudiya qirolligining asoschisidir.

Turkiston:

Kufr olami Musulmonlarni parchalab, bir-biriga dushman qilish va ular orasidan oʻzlariga tobelarini ajratib olish maqsadida turli xil atamarni oʻylab topishdi. Vaholangki, Rosululluoh (Sollolhu alayhi vasallam) va Sahobalar (roziyallohu anhum) davrlari u yoqda tursin, yaqin-yaqin davrlargacha “moʻtadil Islom”, “radikal Islom”, degan narsa yoʻq edi.

“Moʻʼtadil islom” deganda Gʻarbning nazarida demokratik qiymatlarni qabul qilish eʼtiborga olinadi.

Amerikaning “Kommentariy” jurnali 2008 yilda “Moʻʼtadil islomchilar” ustida izlanish olib borgan “American Enterprise” institutining tadqiqotini nashr qilgan edi. Jurnalning yozishicha, tadqiqot “moʻʼtadil Islom”ning Gʻarb meʼyorlariga muvofiq ayrim asosiy belgilarni keltiradi. Tadqiqotga koʻra, ushbu belgilar orqali “moʻʼtadil Islom”ga aniqlik kiritish mumkin. Bu belgilarning eng muhimlari quyidagilar:

  • Demokratiyani qabul qilish va qoʻllab-quvvatlash.
  • Islomiy davlat gʻoyasini rad etish.
  • Qonunchilikning diniy boʻlmagan manbalarini tan olish.
  • Shariatni talqin qilish demokratik printsiplarga toʻgʻri kelmaydi va inson huquqlarini ehtirom qil­maydi, deb hisoblash.
  • (Gʻarb talqin qilgan) ayollar huquqini hurmat qilish.
  • Diniy ozchilikni hurmat qilish.
  • (Gʻarbning nazarida) terror hisoblangan narsaga qarshi turish.
  • Gʻarb terror deb nomlagan xarakatlar bilan shugʻullanmaslik va unga qulaylik yaratmaslik.
  • (Gʻarb tomonidan belgilangan) barcha inson huquqlari haqidagi xalqaro qonunlarni hurmat qilish.
  • Inson huquqlarini hurmat qilishda diniy cheklovlar kabi qandaydir bir cheklovlarga yoʻl qoʻymaslik.
  • Islomdan voz kechib, boshqa dinni qabul qilish yoki umuman dinsiz boʻlishni inson huquqlaridan biri deb bilish.
  • Shariatga muvofiq keladigan jinoiy qonunlar va fuqarolik qonunlarning tatbiq etilishini rad etish. Bunday qonunlarga rioya qilmaslik va ilmoniy qonunlar bilan yashashga ragʻbat qilishni inson huquqlaridan deb bilish.
  • Islom oʻlkalarida gʻayrimusulmonlar uchun maxsus ibodatxonalar qurilishini diniy ozchiliklarning huquqi deb bilish.
  • Konstitutsiya diniy boʻlmagan qoidalarga asoslanishi lozim deb bilish.

Manа shulardan koʻrinib turibdiki, moʻʼtadillik ularning nazdida Islom hazoratini Gʻarb hazoratiga moslashtirishdir. Aslida esa, Islom yagonadir, u turfa xil emas. Ular aytayotgan radikallik ham, moʻʼtadillik ham Islomda yoʻq. Shuning uchun Musulmonlar aslo kufrning nayranglariga uchmasliklari va bu kabi soxta atamalga qarshi qurashishlari vojibdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.