YeI sammiti Brexit boʻyicha kelishuvni tasdiqladi

672
0
 11月22日、英国と欧州連合(EU)は英離脱後の関係の大枠を定める「政治宣言」の草案で大筋合意した。ブリュッセルで21日撮影(2018年 ロイター/YVES HERMAN)

YeI sammiti Brexit boʻyicha kelishuvni tasdiqladi

 Evropa Ittifoqining 27ta davlati hukumatlari rahbarlari yakshanba kuni Yevropa Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishi boʻyicha kelishuvni (Brexit) tasdiqlashdi. Bu haqda Yevrokengash rahbari Donalьd Tusk maʼlum qildi.

 Kelishuvdan tashqari, Brexit haqidagi hujjatlar paketiga Birlashgan Qirollik hamda Yevropa Ittifoqining kelgusidagi munosabatlari belgilab berilgan siyosiy deklaratsiya ham kiritilgan.

 EIning muzokaralardagi koordinatori Mishelь Barnьening aytishicha, Yevroittifoq hamda Buyuk Britaniya keyingi muzokaralarni 2019 yilning 30 martidan, yaʼni Britaniyaning YeI tarkibidan chiqadigan kunning ertasiga boshlashi mumkin boʻladi.

 Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Britaniya tashkilot faoliyatida muhim oʻrin tutishda davom etishini aytib oʻtgan.

 Evrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Bryusseldagi sammitda Buyuk Britaniya YeIni tark etishini fojiali hodisa deb atadi.

 “Buyuk Britaniyadek mamlakat Yevropa Ittifoqini tark etishini kuzatar ekanmiz,— buni xursandchilik bilan qarshilab, nishonlash kerakmas, bu gʻamgin va fojiali lahzalardir”,- deya uning soʻzlarini keltirgan AFP.

 14 noyabr kuni Buyuk Britaniya hukumati Brexit boʻyicha kelishuvni maʼqullagandi. Endi uni Yevroparlament va Buyuk Britaniya parlamenti tasdiqlashi kerak.

 2019 yilning 29 martida Buyuk Britaniya YeIdan chiqishiga rasman start beriladi. 21 oy davom etadigan oʻtish davrida Buyuk Britaniya YeI va bojxona ittifoqi aʼzosi boʻlib qoladi, bu Irlandiya bilan chegarasini ochiq qoldirishi evaziga boʻladi. Agar tomonlar 21 oy ichida – 2020 yilning 31 dekabrigacha yangi savdo kelishuviga erisha olishmasa, oʻtish davri muddati uzaytiriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.