Tramp neft narxini arzonlatgani uchun Saudiya Arabistoniga minnatdorchilik bildirdi

431
0

Tramp neft narxini arzonlatgani uchun Saudiya Arabistoniga minnatdorchilik bildirdi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp neftь narxini arzonlatgani uchun Saudiya Arabistoniga minnatdorchilik bildirdi. Trampning aytishicha, Saudiyaning harakatlari ortidan neftь narxi 82 dollardan 54 dollarga tushgan.

Saudiya bilan hamkorlik toʻgʻrisda gapirar ekan, Tramp 21 noyabr kuni jurnalistlarga:

 “Men uchun Amerika birinchi oʻrinda turadi. Biz harbiy buyurtmalar uchun yuz milliard dollarlardan bosh tortmoqchi emasmiz, agar Saudiyadan bosh tortsak bu Rossiya va Xitoy uchun sovgʻa boʻladi. Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni uzsak, neft narxi keskin oʻsib ketadi. Men ularni ushlab turibman. Ular bizga neftni arzon narxda ushlab turishga koʻmak bermoqda. Men neft yanada arzon boʻlishini istayman”, -dedi Tramp.

 Bundan oldinroq AQSh Kongressi jurnalist Jamol Qoshiqchi oʻldirilishi ortidan Saudiyaga nisbatan kuchliroq jazo choralari koʻrishni taklif qilgan edi. Biroq Tramp Vashington yetarlicha jazo choralari koʻrganini aytib, taklifni rad etgan edi.

16 noyabr kuni AQSh jurnalist Jamol Qoshiqchini oʻldirishda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 17 nafar saudiyalikka nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar joriy etgan edi. Ularning orasida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning bosh yordamchilari Saud al Qahtaniy va Mohir Mutrib ham bor. AQSh Qaxtaniy Qoshiqchining oʻldirish rejasiga rahbarlik qilganlardan biri boʻlgan, deb gumonlamoqda.

 Sanktsiya joriy etilgan shaxslarning AQShdagi boyliklari muzlatiladi va AQSh fuqarolariga ular bilan hamkorlik qilish taqiqlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.