Oʻzbekiston va EI yangi bitim boʻyicha muzokaralarni boshladi

899
0

Oʻzbekiston va EI yangi bitim boʻyicha muzokaralarni boshladi

 Oʻzbekiston va Evropa Ittifoqi hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisidagi yangi bitim boʻyicha muzokaralarni boshladi.

 Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti, tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakil Federiko Mogerini sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha rasmiy muzokaralarni boshladi, deya xabar qildi YeIning Oʻzbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati.

 “Oxirgi yilda ikki marta Oʻzbekistonda boʻlib, mamlakatda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlar hamda mintaqa rivojidagi Oʻzbekistonning konstruktiv roliga shaxsan guvoh boʻldim. Bugun biz Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga birgalikda tarafdor ekanimizni qatʼiy namoyish etmoqdamiz”,- dedi Federiko Mogerini.

 Uning soʻzlariga koʻra, yangi bitim Yevroittifoqqa Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda umumiy xatolar ustida birgalikda ishlashga imkon beradi.

 Boʻlgʻusi bitim 1999 yil 1 iyulda imzolangan amaldagi kelishuv oʻrnini egallaydi. Uning siyosiy hamkorlik, savdo va investitsion aloqalar, barqaror rivojlanish va oʻzaro aloqalar hamda inson huquqlari va boshqaruv sohalariga qaratilishi kutilmoqda.

 Istiqboldagi bitimni imzolash jarayonni jadallashtirishga qaratilgan asosiy muzokaralar 2019 yil avvalida boshlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.