Jeenbekov Turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashdi

564
0

Jeenbekov Turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashdi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 14 noyabrь kuni Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan Turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari konferentsiyasining 21-yigʻilishi ishtirokchilarini qabul qildi.

 Davlat rahbari bilan uchrashuvda Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmati boshligʻi Madat Guliyev, Ozarboyjon Tashqi razvedka xizmati boshligʻi Orxan Sultonov, Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev, Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurgali Bilisbekov, Qozogʻiston Tashqi razvedka xizmati direktori Isatay Sirtayev, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Idris Qodirqulov, shuningdek, Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginboyev va Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti devoni tashqi siyosat boʻlimi mudiri Doniyor Sidiqov ishtirok etdi.

 “Biz qardosh va yaqin xalqlarmiz hamda maxsus xizmatlar rahbarlarining har yillik uchrashishi boʻyicha 20 yillik anʼanani saqlab qolib, sizlar oʻzaro hamkorlikni mustahkamlayotganingiz va rivojlantirayotganingiz, tajribangiz bilan almashayotganingiz hamda keng koʻlamli milliy, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilayotganingizdan mamnunmiz”, – dedi Sooronbay Jeenbekov. Uning taʼkidlashicha, ushbu konferentsiya butun mintaqa uchun muhim voqeadir.

 Uning qayd etishicha, mintaqa davlat rahbarlari, birinchi navbatda, qardosh xalqlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan, maxsus xizmatlarning yaqin va samarali hamkorligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.