AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalari kechiktirilishi mumkin

425
0

AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalari kechiktirilishi mumkin

 AQSh Kongressi yil oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonunlarni koʻrib chiqish va qabul qilish uchun ulgurmaydi, sababi qonun chiqaruvchilar boshqa qonunchilik tashabbuslariga eʼtibor qaratmoqchi. Bu haqda Bloomberg amerikalik senatorlarga tayangan holda xabar bermoqda.

 Taʼkidlanishicha, kongressmenlar Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni respublikachilar tomonidan nazorat qilinuvchi kongress Rossiya hukumatiga yaqin badavlat rossiyaliklarga nisbatan qator “tajovuzkor choralar” qabul qilganidan soʻng, bir yildan ortiq vaqt davomida koʻrib chiqdi, deya aniqlik kiritgan agentlik. Nashrning yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan nisbatan doʻstona munosabatlarni oʻrnatmoqchi boʻlgan Tramp bu qonunni oʻzi xohlamagan holda imzolagan.

 Biroq kongressmenlarda yangi choralarni joriy etish uchun  joriy yilda vaqt etmaydi, deya aytib oʻtdi agentlikka senator Bob Menendes va Jon Kornin.

 Materialda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati Rossiyaga qarshi sanktsiyalar toʻplami ustida ishlashga urinmoqda. Ammo Rossiyaga sanktsiyalarning taʼsiri choralar bir necha bor ortga surilgani sababli kuchsizlanmoqda, deya taʼkidlaydi agentlik. Bu AQSh Moliya vazirligi rossiyalik qator tadbirkorlar hamda davlat kompaniyalari rahbarlariga qarshi aprel oyidagi sanktsiyalar eng jiddiysiga aylangani haqida maʼlumot berganiga qaramay kuzatilyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.