Kreml Putinning Tramp bilan boʻlajak uchrashuvi haqida maʼlum qildi

644
0

Kreml Putinning Tramp bilan boʻlajak uchrashuvi haqida maʼlum qildi

 11 noyabr kuni Vladimir Putin va Donalьd Tramp Parijda, Yelisey saroyidagi choshgoh vaqtida qisqa muloqot oʻtkazishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlumot berdi. Bu haqida “kun.uz”habar qilmoqda.

 Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSh rahbarlarining toʻliq formatdagi uchrashuvi Buenos-Ayresdagi “Katta yigirmatalik” sammiti chogʻida boʻlib oʻtadi.

 “Putin va Trampning Parijdagi uchrashuvi OAV va xalqaro maydondagi siyosiy doiralarning jiddiy qiziqishlariga sabab boʻldi. Frantsuz hamkasblarning fikricha esa, yuzaga kelgan ajiotaj Birinchi jahon urushining 100 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar hamda Xalqaro jahon forumini soya ostida qoldirishi mumkin”,- degan Ushakov.

 U frantsuzlar oʻz xavotirlarini Moskvaga ham, Vashingtonga ham yetkazishganini aytib oʻtgan.

 “Shu tufayli ikki tomon ham prezidentlarning keng formatdagi uchrashuvini keyinroqqa, Buenos-Ayresda boʻlib oʻtadigan “yigirmatalik” sammitiga surdi”,- deya qoʻshimcha qilgan Ushakov.

 Kremldagilar Parijdagi suhbarlardan maqsad – “soatlarni sozlab olish” ekanini aytib oʻtgan. Bundan tashqari, prezidentlar oʻzaro munosabatlarni muhokama qilishadi. Moskva tomoni Putin va Tramp oʻrta va qisqa masofalarga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomani ham muhokama qilishadi.

 “Katta yigirmatalik” sammiti 30 noyabr-1 dekabr kunlarida Argentina poytaxtida boʻlib oʻtadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.