Rossiya Xitoyga qurol yetkazib berish boʻyicha yangi shartnomalar imzoladi

Rossiya Xitoyga qurol yetkazib berish boʻyicha yangi shartnomalar imzoladi

“Rostex” delegatsiyasi rahbari Viktor Kladov Chjuxayedagi koʻrgazmada bergan intervьyusida maʼlum qilishicha, Moskva va Pekin Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni yetkazib berish boʻyicha navbatdagi kelishuvga erishdi. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.

“Biz Xitoy bilan harbiy-texnika hamkorligining barcha sohalarida faol hamkorlik olib bormoqdamiz. S-400 va Su-35 boʻyicha ikkita shartnomalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan birga, bizda juda koʻp boshqa loyihalar mavjud. Biz yaqinda Xitoy tomoni bilan yana uchta shartnoma imzoladik”, – deb aniqlik kiritdi Kladov.

Chjuxayeda 6-11 noyabr kunlari Airshow China-2018 aviakosmik koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Xitoyga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma 2015 yilda imzolanib, 2019 yilda amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, shu yilning oʻzida S-400 yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bu qurol majmuasi 2020 yilgacha yetkazib berish yakunlanishi kerak.

Bundan tashqari, Moskva Mьyanmega 6 ta Su-30SM qiruvchi samolyot yetkazadi. Shartnomalar joriy yilga amalga oshiriladi. Shuningdek, Moskva Neypьidoga 6 ta Yak-130 oʻquv-harbiy samolyotlari yetkazib beriladi.

“Rosoboroneksport” xorijga qurol sotish boʻyicha rejani 13,4 milliard dollar miqdorida amalga oshiradi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.