Tramp: Ulkan qarzimizni 6 yil ichida toʻlaymiz

836
0

Tramp: Ulkan qarzimizni 6 yil ichida toʻlaymiz

AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmagan “syurpriz” bayonot bilan chiqdi. Uning daʼvo qilishicha, oʻzining ikkinchi prezidentlik muddatining oxirigacha Amerika Qoʻshma Shtatlarining katta qarzini toʻlab tashlaydi.

Amerikaning “The Hill” gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti bu haqida “Amerika Qoʻshma Shtatlarida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish”ga bagʻishlangan tadbirda aytib oʻtgan.

Donald Tramp qisqa vaqt ichida AQShning 20 trillion dollardan ortiq davlat qarzini toʻlash haqida bong urishiga qaraganda, demak u mazkur bayonoti bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlik saylovida oʻzining ikkinchi marta gʻalaba qozonishini hozirdan bashorat qilmoqda.

Oq uydan berilayotgan bayonotlardan maʼlum boʻlishicha, AQShning umumiy davlat qarzi 2018 moliyaviy yilda 1,2 trillionga oʻsgan va rekord darajaga, yaʼni 21,5 trillion dollarga yetgan.

Trampning bu vaʼdasi iqtisodchi mutaxassislarning qarashlariga umuman ziddir. Chunki mutaxassislar AQSh byudjetning kamomadi kundan kunga ortib borishi kutilayotganini aytishmoqda. Ularga koʻra, hukumat xarajatlari oʻsishi natijasida 2020 yilga borib, AQSh byudjetining kamomadi bir trillion dollarga yetadi.

Turkiston:

AQShning tashqi davlatlardan qarzi, umumiy qarzining 5% idan ozroq qismini tashkil etadi. Uning asosiy qarzi ichki kreditor (kapitalist)larga tegishli. Yaʼni AQSh kapitalistik mamlakat ekanini eʼtiborga olsak, u oʻzidan oʻzi qarz.

Kapitalizm sistemasida davlatni kapitalistlar (yirik moliya egalari) boshqaradi. Yaʼni mamlakat YaIM (yalpi ichki mahsuloti) va TMM (tashqi milliy mahsuloti)ning salmoqli qismi oʻsha kapitalistlarga tegishli. Shuningdek davlat va xususiy sektorga tegishli daromad olib keluvchi barcha (ogʻir va yengil ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi) tarmoqlar ham ana oʻsha kapitalistlar tomonidan moliyalashtiriladi. Demak moliyaviy sistemani oʻz mablagʻlari bilan qoʻllariga olgan kapitalistlar mamlakatning barcha tarmogʻidagi manfaatlarni nazorat qila oladi. Kapitalistik sistemada davlat mulki oʻta zaif ekanligi bois, davlat ham oʻsha kapitalistlarning moliyaviy qoʻlloviga muhtoj boʻlib qoladi. AQShning davlat qarzi mamlakatining YaIM hajmining 100% ga yetganini eʼtiborga olsak, mamlakatni deyarli ularning mulki deb eʼtibor qilsa boʻladi! Toʻgʻrirogʻi kapitalistlarning oʻzi davlatni shu tariqa shakllantirib olishadi.

Demak, Tramp koʻtarayotgan vahima AQSh boshqaruv sistemasining ayanchli holatidan darak beradi xolos. Bu esa AQSh davlati kapitalistlarning qoʻlida ekanini va davlat ularning ichki va tashqi siyosatidagi rasmiy namoyondasi ekanini anglatadi. Bu holat kapitalistik sistemasining tabiiy yemirilish jarayoni boʻlib, mamlakat mulki bir necha shaxs qoʻlida jamlanib qoladi. Davlatning taʼsir quvvati yoʻqolib, qonunlar yetakchi kapitalist shaxslar manfaati uchun yoʻnaltirilib borilaveradi. Natijada mamlakat fuqorolari oʻrtasida iqtisodiy va taʼminot sistemalari izdan chiqadi. AQSh mana shu kapitalizmning tabiiy inqirozi qirgʻogʻiga kelib, qulab ketish arafasida turibdi. Lekin u har qancha urinmasin kapitalizm tuzumining tabiiy inqirozidan qutula olmaydi. Inqiroz vaqtini bir oz uzaytirmoqchi boʻlayapti xolos, lekin – eʼtibor bering – AQSh dunyo sistemasini emas, faqat oʻzini qutkarish haqida bosh qotirayapti.

 Tramp dunyo boʻylab AQShning moliyaviy xarajatlarini ozaytirishga qaratilgan strotegiyasini koʻtarib chiqyapti. U dunyo oldidagi yetakchi davlat sifatida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlaridan bosh torta boshladi. Siyosiy va harbiy xalqaro tashkilotlarga sarflanadigan moliyaviy taʼminotlarni ham boshqa davlatlar zimmasiga yuklamoqchi boʻlyapti. Yuqoridagi Trampning qarzlardan qutulishimiz kerak degan vahimasi ham, shu strotegiyasini quvvatlash maqsadida aytilgan bayonoti boʻldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.