Hasan Ruhoniy: AQShni pushaymon qildiramiz

Hasan Ruhoniy: AQShni pushaymon qildiramiz

 Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Press TV telekanali efirida Eron Amerika sanktsiyalarini aylanib oʻtib, AQShni “pushaymon qildirishi” haqida maʼlum qildi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

 “Birlik va hamkorlikdagi hatti harakatlar bilan biz… sanktsiyalarni aylanib oʻtamiz, biz AQShni pushaymon qilishga majbur etamiz, biz chet el investitsiyalarini mamlakatga jalb qilamiz… Biz iqtisodiy taraqqiyot yoʻlini yangilaymiz”, – dedi Ruhoniy.

 Maʼlumki, 5-noyabrdan AQShning Eronga qarshi eʼlon qilgan sanktsiyalari kuchga kirdi. Sanktsiyalar neft eksporti sohasini qamrab oladi. Vashington eron nefti eksportini nolgacha oborish maqsadi haqida eʼlon qilgan va barcha xaridorlarni Erondan neft olishdan voz kechishga chaqirgan.

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp may oyida Vashington Eron bilan yadro dasturi boʻyicha bitimdan chiqayotganini eʼlon qilgan edi. Tramp, shuningdek, Eronga qarshi sanktsiyalarning barchasi, shu jumladan, ikkilamchilari, yaʼni Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga qarshi sanktsiyalar ham qayta tiklanishini eʼlon qilgandi.

 Kuni kecha AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo sanktsiyalar roʻyxatiga 600 dan ortiq alohida shaxslar va kompaniyalar kiritilgani haqida eʼlon qildi. Ular bilan biznes qilishni davom etadiganlar AQShning ikkilamchi sanktsiyalariga tushishlari xavfi mavjud. Pompeoning aytishicha, ushbu cheklovlar “Eron rejimi hatti-harakatiga taʼsir koʻrsatishi kerak”.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.