Tolibon vakillari Moskva muzokaralarida ishtirok etadi

Tolibon vakillari Moskva muzokaralarida ishtirok etadi

 Moskvada 9 noyabr kuni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan maslahatlashuv boʻlib oʻtadi. Bu haqida Rossiya TIV matbuot xizmati xabar qildi.

 Muzokaralar tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari hamda maxsus vakillar darajasida boʻlib oʻtadi. Tegishli taklifnomalar barcha ishtirokchi mamlakatlar – Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va AQShga yuborildi.

 Afgʻoniston respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani ushbu majlisga mamlakatning Tinchlik oliy kengashi delegatsiyasini yuborishga qaror qildi. Doxada joylashgan siyosiy ofisi vakili kelishi eʼlon qilindi.

 Rossiya tomon Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish faqat siyosiy yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkinligiga va ushbu ishda qoʻshni mamlakatlarning hamda hududiy hamkorlarning faol ishtiroki kerak boʻlishiga ishonadi.

 Yakuni hujjat imzolash – majlis rejasida nazarda tutilmagan. Rossiya tomonidan majlisda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.