Xitoy hukumati Musulmon mahbuslarni ichki organlari uchun oʻldirmoqda

884
0

Xitoy hukumati Musulmon mahbuslarni ichki organlari uchun oʻldirmoqda

Xitoyliklardan kimgadir insoning ichki organi kerak boʻlib qolsa, oʻsha kuni kasalxonada yotgan yoki qamoqda boʻlgan musulmon uygʻur mahbuslardan biri aniq vafot etadi. Doktor Anvar Tohti Urumchidagi bir kasalxonada jarroh sifatida ishlayotgan paytda uygʻur mahbuslarining ichki organlarini toʻplash bilan shaxsan oʻzi shugʻullanganlardan biridir.

 “Epoch Times” gazetasiga intervьyu bergan eski uygʻur jarrohi Tohti Xitoyning Uygʻur mintaqasidagi “Siyosiy taʼlim” lagerlarida qamalgan uygʻurlarning ichki organlari 1995 yilda kuchga kirgan qarorga koʻra, operatsiya yoʻli bilan olinishini, bu organlarning davlat xazinasiga daromad keltirish uchun sotilishi anchadan buyon Xitoy Kompartiyasi tarafidan amalga oshirilib kelishini bildirdi. Anvar Tohti 23 yil oldin ishlagan kasalxonada dushman sifatida koʻrilgan uygʻur mahbuslarning jigar va buyraklari majburan olinishi bosh jarrohning buyrugʻi bilan amalga oshirilishini va uning oʻzi ham bu vazifani bajarishga majbur boʻlganligini ham aytib oʻtdi.

Peknning repressiv siyosati haqida gapirgan Tohti Xitoyda Musulmonlarning ichki organlarini sotish ishlarini hozir ham davom ettirayotganiga ishonchi kolmilligini bildirdi. Unga koʻra, Xitoyda Musulmonlarning ichki organlarini oʻgʻirlab sotish oddiy ish sifatida koʻriladi va bu uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda.

“Xitoy hukumatiga inson ichki organlari uchun talab kelganda yoki ichki organ sotish uchun ehtiyoj tugʻilganda darhol oʻsha kun bir uygʻur mahkumi oʻldiriladi va organlari olib sotiladi”, deydi Doktor Tohti.

Ota-onasini ziyorat qilish uchun uygʻur mintaqasiga borishi bilan hibsga olinib, yetti oy Xitoy kontslagerida qamalgandan soʻng, Qozogʻiston fuqarosi boʻlganligi uchun Qozoq hukumatining aralashuvi bilan ozod qilingan 54 yoshli Umar Bekal “Epoch Times” gazetasiga lagerda koʻrganlarini aytib berdi.

“Pekin maʼmuriyati lagerda qamalgan mahbuslarni ikki guruhga ajratadi; Birinchisi chet elda qarindoshlari borlar. Ikkinchisi chet elda qarindoshlari yoʻqlar. Ushbu sinflarga koʻra, qamoqxona xodimlari mahbuslarning ichki organlarini oʻgʻirlashadi. Shu usulda, ular organ sotish ishlarni muammosiz amalga oshirishadi. Yaʼni chet elda qarindoshlari boʻlmaganlarni ichki organi uchun oʻldirishadi” deydi jumladan Bekail.

Bekail tirik holda baʼzi ichki organlari olib qoʻyilgan Musulmonlarning ismlarini bilishini, ammo ularning xavfsizligi uchun ismlarini ayta olmasligini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.