Mister Jonga Qirgʻizistonda nima kerak?

1035
0

Mister Jonga Qirgʻizistonda nima kerak?

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati maktablarining birida, tinchlik Korpusi tashabbusi bilan  bolalar maydonchasi qurildi. Korpus rejasiga binoan amerikalik volontyor Jon De Leo  bu maydo qurilishiga boshchilik qildi.

“Men ikki yildan buyon ushbu maktabda ingliz fannidan dars beraman. Shuni anglab yetdimki, maktab oʻquvchilari oʻyin maydonchasiga juda ham muhtoj. Shu sababdan proyektni tatbiq etishga qaror qildim. Bu kabi  gʻayritabiiy bolalar maydonchasi oʻzgachaligi bilan ajralib turadi. Maydondagi barcha jihozlar tabiiy, ekologik toza mahsulotlardan  yasalgan”- deya izoh berdi mister Jon.

“Bu kabi proyektlar Amerikada keng yoʻlga qoʻyilgan. Bu maydonchada oʻgʻil bolalar qatori qizlar ham oʻynab hordiq chiqarishlari mumkin.”-  qoʻshimcha qildi mister Jon.

Maʼlumot uchun:

“Tinchlik  korpusi – AQSh hukumatiga qarashli siyosatga va yo biror dinga aloqadorligi boʻlmagan mustaqil agentlik hisoblanadi. Agentlik qoidasiga binoan amerikalik koʻngillilar oʻzlari xohlagan mintaqaga borib yordamga muhtoj va ogʻir sharoitda kun kechirayotgan insonlarga moddiy va maʼrifiy yordam beradilar.

Qirgʻizistondagi tinchlik Korpusi faoliyati xususidagi hisobotda aytilishicha, 2017 yilning oʻzida  Qirgʻiziston  tinchlik Korpusining 25 avlodini qabul qildi. Endilikda 70 dan ortiq amerikalik volontyorlar  maorif sohasida ishlaydigan hamkasblari bilan birgalikda ijtimoiy holat taraqqiyotiga va oʻqituvchilarni yoshlarni tarbiyalash borasida  puxta tajribaga ega boʻlishlariga yaqindan yordam berishmoqda. Tinchlik Korpusining risolasi butunjahon tinchlikni saqlash va insonlar orasidagi doʻstlikni mustahkamlashdan iboratdir”.

Turkiston:

Hech kimga sir emas, garchi davlatning siyosatiga binoan din davlatdan ajratilgan boʻlsa-da, hayotda buning aksi boʻlmoqda. Boshqa qoʻshni davlatlardan farqli ravishda Qirgʻizistonda hukumat tomonidan dinga, xossatan maktab oʻquvilarini jumʼa namozidan toʻsish, hijobga qarshi kurash kabi urinishlar ular kutgan natijani bermadi.

Shu bois,  katta davlatlar hujumni ziyolilar qatlamani qayta tarbiyalashdan boshlashdi.

Bugunga kelib mister Jonga oʻxshagan kufr saqofatining fidoyilari farzandlarimizga “insoniylik”ni oʻrgatmoqda. Mister Jonni maktab maʼmuriyati bir sodiq xaloskor, beminnat yordamchi sifatida qabul qilishdi. Mister Jon oʻz ona tili ingliz tili bilan birga mahalliy tilni shu jumladan qirgʻiz tilini juda yaxshi tushunadi, aktsent bilan boʻlsa-da ravon soʻzlaydi, oʻzbek tilida ham deyarli mashaqqatsiz muomala qiladi.

Shoʻro davrida “Xudo yoʻq” (nauzibilloh), biz maymun avlodimiz” deyishgan boʻlsa, bugunga kelib demokratiya kabi irsiyatni buzadigan, insoniyatni asli naslidan uzoqlashtiradigan saqofat bilan Musulmon nasli sugʻorilmoqda. Natijada farzandlarimiz sahobalar hayoti, jihod taʼrixi, siyari nabaviyyadan koʻra,  artistlarni turmush tarzini yaxshiroq bilishadigan boʻlishdi. Qaysi qoʻshiqchi kim bilan yashayotganligi yoki nimaga ajrashganligi, kaysa paytda kanday rol oʻynaganligi, litsenziyasi bor yo yoʻqligi .. va hokazolarni yoddan bilishadi.

Bularning  hammasi demokratiya degan buzuq saqofat natijasidir.

Bir Musulmon yaxshlilik qilsa, Alloh uchun, savob umidida, jannat umidida qiladi, yaʼni inson tabiatan yaxshilikka, yaʼni foydaga muhabatbi kuchli boʻlganligi uchun oʻz yaxshiligi evaziga chiroyliroq foydani qoʻlga kiritgisi  keladi.

Demak, mister Jonning ham bu qadar jon kuydirishi bejizga emas.

Qirgʻizistonda izgʻib yurgan turistlar chindan ham sayohatga kelgan deb oʻylaysizmi? Shaharlari unchalik obod emas, fuqarolari yevropa madaniyatidan ancha uzoq boʻlgan  moʻʼjazgina mamlakatning nimasini tomosha qilishadi?

Tabiiyki ular eʼtiqodlari butun, iymonlari sof boʻlgan aholiga birinchilardan boʻlib, koʻngillilar qatori kelib buzuq, yot saqofatlarini tarqatadi.

Mister Jon ham shular jumlasidandir.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.