Abilgaziyev: MDH doirasida ortiqcha savdo toʻsiqlarini bartaraf etish lozim

Abilgaziyev: MDH doirasida ortiqcha savdo toʻsiqlarini bartaraf etish lozim

 Qirgʻiziston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) doirasida ortiqcha savdo toʻsiqlari bartaraf etilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda 2 noyabr kuni Ostona shahrida, MDH Hukumat rahbarlari kengashining tor doiradagi yigʻilishi davomida Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev maʼlum qildi.

 Abilgaziyev mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishning asosiy vositasi boʻlgan erkin savdo hududi boʻyicha shartnoma salohiyatidan toʻliq foydalanish zarurligini taʼkidladi.

 “Barchamiz bilamizki, bu sohada katta foydalanilmagan salohiyat mavjud. Oʻzaro savdo uchun maksimal qulay shart-sharoitlar yaratish tarafdori boʻlgan qirgʻiz tomoni himoya choralari miqdori bundan keyin qisqarishi hamda savdoda ortiqcha toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha ishni davom ettirish kerak, deb hisoblaydi”, – deya taʼkidlab oʻtdi Muhammadkaliy Abilgaziyev.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.