Rossiya, Hindiston va Eron hamkorlikda xalqaro transport yoʻlagini ochmoqchi

749
0

Rossiya, Hindiston va Eron hamkorlikda xalqaro transport yoʻlagini ochmoqchi

 Rossiya, Hindiston va Eron noyabrda “Shimol-Janub” xalqaro transport yoʻlagini ishga tushirishni muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazadi. Bu haqda Eronning Press TVtelekanali maʼlum qildi.

 7,2 ming kmlik yangi transport yoʻlagi temir yoʻllar va suv yoʻllaridan foydalangan holda tashkil etiladi va Suvaysh kanalining arzonroq va qisqaroq muqobili boʻlishi koʻzda tutilgan.

 Hindistondan mahsulotlar Eronning Fors koʻrfazi sohillarida joylashgan Bandar-Abbos portiga, soʻngra Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Bandar-Anzaliga joʻnatiladi. Soʻngra u yerdan dengiz orqali Astraxanga hamda temir yoʻl orqali Yevropaga yetkaziladi.

 Yangi yoʻlak vaqtni va yuk tashish qiymatini 30-40 foizga qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Misol uchun, ushbu yoʻlak orqali Mumbaydan Moskvaga tovarlarni tashish 20 kunga qisqaradi.

 Yangi yoʻl orqali tashiladigan yuk hajmi yiliga 20-30 mln tonnaga baholanmoqda.

 Suvaysh kanali Oʻrta yer va Qizil dengizlarni bogʻlab, Afrika va Yevrosiyo materiklari oʻrtasidagi shartli chegara hisoblanadi. Hind okeani va Atlantika okeanining Oʻrta yer dengizi oʻrtasidagi eng qisqa yoʻl boʻlib, 1869 yil 17 noyabrda ochilgan. Kanal suv transportiga Yevropadan Osiyoga va ortga Afrikani aylanib oʻtmay borishga ijozat beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.