Jeenbekov Erdogon bilan uchrashdi

5
0

Jeenbekov Erdogon bilan uchrashdi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Erdogon bilan uchrashdi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 Xabarda aytilishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari Qirgʻiziston bilan Turkiya oʻrtasidagi strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi majlis natijalarini muhokama qilishgan. Shuningdek, ular ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashishdi.

 Jeenbekov 29-oktyabrda Turkiyaga ushbu mamlakat tashkil etilganining 95 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun borgan. Bundat tashqari u Istanbuldagi yangi aeroport ochilishida ham qatnashdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.