Holiqnazar: Eng dolzarb masala mintaqada ekstremizmga qarshi kurashish

472
0

Holiqnazar: Eng dolzarb masala mintaqada ekstremizmga qarshi kurashish

  29 oktyabr kuni Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo ekspertlar forumi boʻlib oʻtdi.

 Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi direktori Xudoberdi Xoliqnazar Markaziy Osiyo ekspertlar forumi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Bu haqda “Sputnik” xabar qildi.

Tojikistonlik ekspertining soʻzlariga koʻra, davlatlarning strategik tadqiqot markazlari – ikki tomonlama munosabatlar, xususan transport, suv energetika, chegara muammolari boʻyicha takliflar tayyorlab, ekspertlar yigʻilishida muhokama qilinadi.

 Ekspertlar darajasida muhokama qilingan masalalar boʻyicha tegishli takliflar tayyorlanib, hukumatga taqdim etiladi. Hukumat bu takliflar asosida masalalarni tartibga solish boʻyicha istiqbolli choralarni belgilaydi.

 Ekspertlar forumi kun tartibidagi eng dolzarb masala – mintaqada xavfsizlikni taʼminlash, diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashishdir. Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha har bir davlatning oʻz tajribasiga ega. Ekspertning soʻzlariga koʻra, yoshlarni diniy ekstremistlar taʼsiriga tushishini oldini olish zarur.

 Xudoberdi Xoliqnazar diniy mafkuraning mazmun mohiyati, ekstremizm gʻoyalariga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan kitob tayyorlaganini maʼlum qildi. Bu kitobda ekstremizmning asosiy tahdidlari sanab oʻtilgan.

 “Diniy ekstremistlar barcha davlatlarining suvereniteti va mustaqilligiga qarshi chiqishadi. Ularni yagona xalifatga birlashtirish va milliy madaniyatini yoʻq qilishga harakat qilishadi”, – dedi Xudoyberdi Xoliqnazar.

 Tadbir Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha BMTning Mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etildi.

Turkiston:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin federal xavfsizlik yigʻinida nutq soʻzlab, “FXX “ekstremizm”ga qarshi kurashda, milliy xavfsizlik komitasi bilan paralel ish olib borib, xavfsizlikni taʼminlashda hal qiluvchi rol oʻynashi kerak” dedi.

Markaziy Osiyo davlatlari ham Rossiyaga paralel, xavfsizlik masalasini barcha tarmoqlardan ustivor qilish strotegiyasiga moslashib borishmoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining siyosatchilari hali ham Rossiyaparast siyosiy doira (elita) taʼsiridan qutila olgani yoʻq. Ular Rossiya tahdididan va uning siyosiy, iqtisodiy taʼsir qilish imkoniyatlaridan hali ham qoʻrqishadi. Rossiyada Putin va Patrushev boshchiligida 1999 yildagi qator teraktlar uyushtirilgani hali bu elitaning yodidan koʻtarilgani yoʻq! Oʻsha paytda Rossiya Putinning qoʻl ostidan chiqib borayotgan edi.

Endi Markaziy Osiyoni uning taʼsiri ostidan chiqib boryapti! Hozirda uni oʻz taʼsiri ostida ushlab qolish masalasi dolzarb mavzuʼga aylandi. Demak Putinning eski uslubi oʻzgargani yoʻq! U endi Oʻrta Osiyo mintaqasini oʻz qoʻlida ushlab qolish maqsadida yana portlatish amaliyotlarini boshlamoqchi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.