Kapitalizm dunyoni shu ahvolga soldi

415
0

Kapitalizm dunyoni shu ahvolga soldi

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi hisobotida ruhiy kasalliklarning xavfi butun dunyo boʻylab ortib borayotganligi eʼlon qilindi. Hisobotda ruhiy kasalliklar sonining koʻpayishi natijasida jahon iqtisodiyoti zimmasiga tushgan xarajatlar hisoblab chiqilgan va buning oldi olinishi uchun harakat boshlash talab qilingan.

“Vaziyat juda ogʻir, lekin hech bir mamlakat bu masalaga yetarlicha eʼtibor qaratmayapti. Odamlardagi hech qanday sogʻliqni saqlash holati ruhiy sogʻlikni saqlashchalik eʼtiborsiz qoldirilgan emas”, deydi Garvard tibbiyot professori Vikram Patel.

Mazkur hisobotdan, dunyo aholisi orasida ruhiy kasallar sonining ortib borishining asosiy sababchisi, har qanday ishni foyda doirasida amalga oshiradigan kapitalizm tizimi ekanligini koʻrish mumkin. Hisobotga koʻra, dunyoning har bir mamlakatidagi kundan kunga ortib borayotgan ruhiy sogʻlik buzilishining global iqtisodiy xarajatlari, agar buni toʻxtatishga jamoiy harakat qilinmasa, 2010 va 2030 yillar oʻrtasida 16 trillion dollarga yetadi.

Psixiatriya va nevrologiya sohasidagi 28 nafar mutaxassis va himoya guruhlari tomonidan tayyorlangan hisobotda ruhiy salomatlik borasida dunyo boʻylab oʻsib borayotgan inqiroz insonlar, jamiyatlar va butun iqtisodiyot borasida doimiy zararlarga olib kelishi mumkinligini taʼkidlanadi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining taxminiga koʻra, dunyo boʻylab 300 million kishi ruhiy tushkunlik, 50 million kishi aqlizayiflik, 23 million kishi shizofreniya (vasvasa) va 60 million kishi ruhiy iztirob kasalligiga chalingan. Bular rasmiy maʼlumotlarga tayanib keltirilgan raqamlardir. Asl raqamlar esa, bundan bir necha barobar ortiqligi hech kimga sir emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.