Rossiya yana “IShID” guruhlari tarqalishi xavfi haqida ogohlantirdi

378
0

Rossiya yana “IShID” guruhlari tarqalishi xavfi haqida ogohlantirdi

 Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin Pekindagi xavfsizlik masalalari boʻyicha xalqaro forumida qilgan chiqishida maʼlum qilishicha, Suriya-Iroq chegarasi orqali ekstremistik qarashlarni qoʻllab-quvvatlovchi 50 mingdan ortiq kishi oʻtdi. Ular oʻz vatanlariga yoki boshqa davlatlarga qaytib borishi IShID terrorchilik uyushmasining guruhlari tarqalish xavfini keltirib chiqaradi. Bu haqda Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

“Jangovar harakatlar zonasiga koʻplab xorijdan jangarilar kelishi kuzatilmoqda. Xususan, Suriya-Iroq chegarasi orqali dunyoning 100 ta mamlakatidan boʻlgan 50 mingga yaqin kishi oʻtdi. Ular oʻz vatanlariga yoki boshqa davlatlarga qaytishi IShID terrorchilik uyushmasining guruhlari tarqalish xavfini keltirib chiqaradi”, – deb taʼkidladi Fomin.

 Uning soʻzlariga koʻra, terrorchilik uyushmasi tarafdorlari Yaman, Misr, Liviya, Somali, Afgʻoniston, Indoneziya, Filippin, shuningdek Yevropa Ittifoqi davlatlarida qayd etilgan.

 Rossiya mudofaa vazirligi rahbari oʻrinbosari, terrorchilarning rahbarlari yangi tarafdorlarni jalb qilish maqsadida internetdan keng foylanishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.