Dunyoda yuz berayotgan zulmlar uchun javobgarlik haqidagi savolga javob

437
0

Dunyoda yuz berayotgan zulmlar uchun javobgarlik haqidagi savolga javob

Savol: Dunyoda musulmonlar ustida boʻlayotgan zulmlar uchun biz qanchalik javobgarmiz. Masalan Xitoyning Uygʻurlarga qilayotgan zulmiga Qirgʻiziston musulmonlari qanchalik javobgar? Ilgari “Xalifalik davlati javobgardir, biz oʻsha davlatni tiklashimiz kerak” deyilar edi.

Javob: Hozir ham “Xalifalik davlatigina dunyoda zolimlarga qarshi insoniyat uchun qolqon boʻladi” degan fikr oʻzgargani yoʻq. Bu hukm siyratdan, tariqatdan olingan aniq hukm boʻlib, Islom tarixida ishonchli rivoyatlar bilan aniq bitilgan.

Lekin, bu davlat tiklangandan keyin ham, u yoʻq boʻlib turgan vaqtda ham, bajarilishi lozim boʻlgan amallar bor. Bu amallar shaxsiy yoki jamoiy boʻlishi mumkin. Masalan:  namoz, zakot kabi shaxsiy ibodatlar, juma va janoza namozi kabi jamoiy ibodatlar shuningdek bir birimizga yordam berishimiz kerak boʻlgan insoniy aloqalar, oilaviy yoki qarindoshchilik aloqalari, dindoshlik, insoniylik munosabatlari kabi. Bu aloqalar xalifalik davlati bor yoki vaqtincha yoʻq boʻlganida ham amal qilinadigan majburiy muomalalardir. Farqi shundaki, xalifalik bu amallarni sharʼiy hukm bilan islomiy tariqatga muvofiq tartib bilan boshqaradi. Davlat yoʻq boʻlib turganida esa, yaʼni kufr hukmi joriy boʻlib turganda, vaziyatga koʻra joriy boʻlgan (shaxsiy va jamoiy) aloqalarda sharatga muvofiq bor imkoniyatlarni ishga solib sharʼiy hukmlarga rioya qilinadi. Shuningdek jamiyat islomiylashib borishi uchun bor imkoniyatlar bilan siyrat va tariqatga muvofiq harakat olib boriladi.

Shunda ham musulmon inson barcha imkoniyatlarini xalifalik davlatini barpo qilishga qaratishi kerak degan fikr ustivor fikr boʻlib qolaveradi! Chunki Xalifa butun dunyo musulmonlarining yagona yetakchisi va insoniyatning yagona himoyachisidir. Dunyoda Xalifasiz zulmni oldini olish mumkin emas. Chunki zulm deganda, bir tomon ikkinchi bir tomonni shu dunyodagi yoki oxirat hayotidagi manfaatlaridan mahrum qilayotgan holati tushuniladi.

Shunga qaramay, biz bugungi hayotimizda Xalifalik davlati yoʻq boʻlib turgan bir paytda, yaʼni olamiy kufr boshqaruvi ostida yashyapmiz. Demak har bir harakatimiz, hayotimiz shu kungi muammolarga muolaja berib borish bilan, bor imkoniyatlarimizni ishga solib Islomni yana hayotga qaytarish asosiga qurilishi kerak! Yaʼni insoniyat ustida javobgar boʻlgan xalifalik davlatini hayotda barpo qilib, saltanatni unga topshirish va javobgarlikni unga oʻtkazib berish kerak. Shunda ham biz ummat va uning bir boʻlagi boʻlgan hizb davlatni jamoiy muhofaza qilish (yordam berish), uni zulmdan qaytarish uchun doimiy muhosaba qilib borish kabi ishlardan masʼul boʻlib qolamiz.

Bugungi kundagi butun olamda ummatning ustiga yogʻilayotgan zulmlarga kelsak, bu zulmlar bizning koʻz oʻngimizda davom etib kelryapti. Islomiy yurt yetakchilari ummat mulklarini oʻz qoʻllariga olib, suisteʼmol qilmoqda, Ummat boyliklarini kufr bilan baham koʻrib, bizga zulm qilib kelmoqda. Ular bizni yovdan himoya qilishga vaʼda berib mol dunyolarimizdan harbiy armiyalarga ulkan mablagʻlar sarflashayapti. Shunga qaramay bu armiyalar, faqat ular bir birlari bilan hokimiyat talashayotganlarida ishga solnmoqda yoki olamiy kufr sistemasining koʻrsatmalariga muvofiq faqat Musulmonlarga qarshi yoʻnaltirilmoqda! Biz (ummat) shu zolimlarga saltanatni topshirib qoʻyganimiz uchun javobgarmiz!

Masalan, Sharqiy Turkistonga nisbatan Xitoyning zulmini olaylik. Biz barcha imkoniyatlarimizni unga qarshi yoʻnaltirishimiz vojib. Imkoniyatlarimiz esa hokimiyatning qoʻl ostida. Demak biz ulardan bizning imkoniyatlarimizni borini sarflab, Xitoyga bosim oʻtkazishning barcha turini ishga solishlarini talab qilishimiz vojib. Dunyo musulmonlarining barchasi oʻz imkoniyatlari darajasida, oʻz saltanatlarini ularning qoʻliga topshirgan hokimiyatlaridan Xitoyga qarshi zulmni bartaraf etish uchun bor imkoniyatlaridan foydalanib kurash olib borishlarini talab qilishlari kerak. Mana shu harakatlarimizning oʻzi xalifalik davlatini tiklanishi uchun olib borilgan daʼvat boʻlib, ummatga zulmni his qildiradi va zulmga qarshi kurashish hissini paydo qiladi, shuningdek uni oʻz mabdaʼsi bilan oʻygʻonishiga sabab boʻladi.

Xulosa qilib aytganimizda, dunyoda borayotgan zulmlarni bartaraf qilish Islom Ummatning vazifasidir. Alloh saltanatni ummatga berdi. Ummat bu amonatni mayda hokimlarga topshirib qoʻydi. Mayda davlatlar hokimiyatlari esa musulmonlar ustida borayotgan zulmlarga qarshi kurashishdan bosh tortishyapti. Ummat oʻz xatosini toʻgʻrilab, ulardan salohiyat ustidagi shartlarini ado etishlarini talab qilishi kerak. ado etishdan bosh tortishsa, ummat salohiyatni ulardan tortib olishi vojib boʻladi. Chunki Alloh saltanat amonatini musulmonlarga berdi!

Abdurrazzoq

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.