AQSh Oʻzbekistonga Rossiyaga qaraganda koʻproq investitsiya kiritmoqchi

AQSh Oʻzbekistonga Rossiyaga qaraganda koʻproq investitsiya kiritmoqchi

 AQSh investitsiya va savdo sohasida hamkorlik darajasini yuqoriga koʻtarish maqsadida shu yilda yanada koʻproq bitimlarni bajarishga qaror qildi. Bu haqda Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumida Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bayonotiga asosan “Sputnik” xabar qilmoqda.

 “Kecha senator Safoyevdan ruslar bilan koʻproq bitimlar imzolanganligini bildik. Biz investitsiya va savdo darajasini koʻtarish maqsadida yanada koʻproq bitimlarni bajarishimiz mumkinligini tushundik. Oʻzbekiston bilan imzolangan memorandumlarimiz bu hali boshlanishi, biz faqat oldinga harakat qilmoqdamiz”, – dedi u.

 Shuningdek, Lemm bu yil oʻzgacha boʻlganligini qayd etdi va Oʻzbekiston yetakchisi tomonidan islohotlar borasida olib borayotgan saʼy-harakatlar va AQSh savdo palatasi vakillari bilan samarali uchrashuv oʻtkazganligiga yuqori baho berdi.

 “Oʻzbekiston biznesni yaxshilash maqsadida koʻplab toʻsiq va bosimlarni olib tashladi. Bu qiyin vazifa bajarildi. Bu bizga katta ishonch beradi”, – dedi Kerolin Lemm.

 Shuningdek, u Oʻzbekiston prezidenti Amerika savdo palatasining barcha aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha majburiyatlari haqida aytib oʻtdi.

 1998-2017 yillar davomida Oʻzbekiston iqtisodiyotiga AQSh investitsiya va kreditlarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Turkiston:

AQSh bilan Rossiyaning Markaziy Osiyodagi manfaatlari Oʻzbekistonda toʻqnashdi.

Rossiya AES qurib berish hamda oʻzining ichki bozorlarini Oʻzbekiston mahsulotlariga ochib berishni vaʼda qilish bilan Oʻzbekiston rejimini oʻziga tortmoqchi boʻldi. AQSh esa katta moliyaviy kreditlar va investitsiya olib kirish bilan Oʻzbekistonni oʻziga rom qilmoqchi boʻlyapti. Oʻzbekiston bu ikki katta davlat oʻrtasida talashda qoldi. Lekin Oʻzbekistonga taklif qilinayotgan bu ikki tomonlama manfaatlar, aslida oʻzbekiston xavfsizligi uchun xatarli holatlarga sabab boʻlishi mumkin. Chunki AQSh ham, Rossiya ham, Oʻzbekiston bilan faqat iqtisodiy manfaatlar uchungana aloqa oʻrnatishmoqchi emas. Balki ularning har birining bu mintaqada oʻz manfaatlari boʻlib, birining manfaati ikkinchisinikiga toʻgʻri kelmaydi. Bu esa Oʻzbekistonda xalqaro siyosatga taʼsir etuvchi davlatlar oʻrtalaridagi toʻqnashuv kutilayotganidan darak beradi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.