Kujabekov: 1 yilda 150dan ortiq shaxs terrorda gumonlanib hibsga olindi

459
0

Kujabekov: 1 yilda 150dan ortiq shaxs terrorda gumonlanib hibsga olindi

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga tobe terrorizmga qarshi kurash komissiyasining 33 majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekiston xavfsizlik xizmatlaridan delegatsiyalar ishtirok etdi.

Majlisida aytib oʻtilgan maʼlumotga koʻra, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻtgan yilning oxiri va joriy yilning boshlarida terrorchilikda gumonlangan 150 dan ortiq shaxs hibsga olingan. Bu haqida Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik komissiyasining terrorizmga qarshi kurash markazi direktori Asilbek Kujabekov maʼlum qildi.

 “2017 yilning ikkinchi yarmidan 2018 birinchi yarmigacha Terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan 150 dan ortiq kishi hibsga olindi. Bu amaliyot Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston xavfsizlik idoralarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan amalga oshirildi”, dedi Asilbek Kojobekov.

Kojobekov soʻzlarini shunday davom ettirdi: “ShHTga aʼzo davlatlarning xavfsizlik organlari Islomiy Davlat (IShID), Jabhatun-Nusra, Hizb ut-Tahrir va Turkiston Islomiy partiyasining faoliyati haqida axborot almashishdi”, “Soʻnggi yillarda ShHT mamlakatlari hududida juda koʻp terrorchilik harakatlarining oldi olindi. Shuningdek terroristik guruhlarga jiddiy zarba berildi. Terrorchilik faoliyati mashhur boʻlgn mintaqalarga safar qilib, soʻng MDHga aʼzo davlatlar hududiga qaytib kelgan shaxslardan keladigan xavf-xatarlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.