AQSh Rossiya bilan imzolangan yana bir kelishuvdan chiqmoqchi

456
0
ITAR-TASS 72: MOSCOW REGION, RUSSIA. MARCH 19. The Topol-M mobile missile complex is involved in a rehearsal for V-Day Parade, at the Alabino Training Range of the Russian Armoured Troops near Moscow. (Photo ITAR-TASS / Marina Lystseva) 72. Россия. Московская область. 19 марта. Зенитно-ракетный комплекс "Тополь-М" на репетиции военного парада на полигоне "Алабино". Фото ИТАР-ТАСС/ Марина Лысцева

AQSh Rossiya bilan imzolangan yana bir kelishuvdan chiqmoqchi

 Oq uyda Rossiya bilan bir necha yil muqaddam imzolangan “Strategik hujum qurollarini cheklash” toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish haqida oʻylashmoqda. Bu haqda “TASS” axborot agentligi AQSh prezidenti maʼmuriyatidagi yuqori martabali amaldorga asoslangan holda xabar bermoqda.

 “Biz hozircha yakuniy pozitsiyaga kela olmadik. Lekin muzokaralar davom etadi, Moskva kelishuviga qaytilishi yoki u uzaytirilishi ham mumkin. Ammo buning ehtimoli kam”,- degan u.

 Bu bayonot AQSh rahbari Donalьd Trampning Rossiya bilan oʻrta va kichik masofalarga moʻljallangan raketalarni yoʻq qilish boʻyicha shartnomadan chiqishi haqidagi soʻzlari ortidan yangramoqda. Tramp Rossiya va Xitoyni mazkur kelishuvni buzishda ayblagandi,hozircha kelishuvni bekor qilish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Ayni vaqtga kelib, Buyuk Britaniya AQShning bu qadamini maʼqulladi.

 Rossiya TIV esa Qoʻshma shtatlarga harbiy choralar koʻrish bilan tahdid qildi.

 “Strategik hujum qurollarini cheklash” toʻgʻrisidagi shartnoma 2010 yilning aprelida Chexiya poytaxti Praga shahrida AQShning oʻsha vaqtdagi prezidenti Barak Obama hamda Rossiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangandi. Bu hujjat 2011 yildan boshlab kuchga kirgan.

 Kelishuvga koʻra, tomonlar 7 yil mobaynida strategik xarakterdagi qurollarni (qitʼalararo uchuvchi ballistik raketalar, suv osti kemalaridan uchiriluvchi ballistik raketalar, strategik bombardimonchi samolyotlar) kamaytirishi koʻzda tutilgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.