Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qozogʻistonga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qozogʻistonga tashrif buyurdi

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Ular bilan Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Turkiston viloyatining Sariogʻoch shahrida boʻlib oʻtgan norasmiy uchrashuv davomida davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni muhokama qildilar.

 Bundan tashqari, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida Qozogʻiston, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarga oid masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

 Maʼlumki, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-19 oktyabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20ta hujjat imzolandi.

Turkiston:

Rossiya bilan Oʻzbekiston oʻrtacidagi tranzit aloqasi Qozogʻiston orqali oʻtishga majbur. Bundan boshqa yoʻli yoʻq. Shuning uchun Rossiya Qozogʻistonni hamkorlik qilishga rozi qilmay turib, Oʻzbekiston bilan moddiy aloqalar oʻrnata olmaydi.

Oʻzbekiston shartnomalarni, Rossiyaga mumkin qadar xom ashyo, yengil sanoat mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirish va migrantlari uchun keng sharoitlar yaratib berishi asosida olib boradi. Bularning hammasi Qozogʻiston orqali tranzit oʻtishga mahkum boʻlgani sababli, Putin Nazarbayevning qarshilik qilmaslik kafolatini olib berishi kerak.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.