Putin Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Afgʻoniston masalasini muhokama qiladi

Putin Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Afgʻoniston masalasini muhokama qiladi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-oktyabr kuni Oʻzbekistonga rejalashtirayotgan davlat tashrifi davomida oʻzbek tomoni bilan Afgʻonistondagi vaziyatni hamda ShHT doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, deb taʼkidladi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

 “Xalqaro masalalarga kelsak, Afgʻoniston masalasi bu birinchi koʻriladigan masala. Ikkinchi mavzu esa Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalaridir”, – dedi Ushakov jurnalistlarga.

 Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida bir nechta muhim tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bular Navoiy viloyatida – AES qurilishiga tamal toshi qoʻyish, Rossiya-Oʻzbekiston mintaqalararo forumi, Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi.

 Uchrashuv yakuniga koʻra, hukumatlararo, idoralararo va tijorat boʻyicha salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.