Tramp: Xitoy Rossiyadan ham xavfli

672
0

Tramp: Xitoy Rossiyadan ham xavfli

 Xitoy saylovlarga aralashish jihatidan Rossiyaga qaraganda AQShga koʻproq jiddiy tahdid solmoqda. Bu haqda Qoʻshma Shtatlar prezidenti Donalьd Tramp CBS telekanaliga bergan intervьyusida maʼlum qildi, u yakshanba kuni efirga toʻliq uzatildi.

 “Rossiya aralashdi, ammo menimcha, Xitoy ham aralashdi”, – dedi u, Rossiya 2016 yilda AQShda boʻlib oʻtgan prezident saylovlariga aralashganiga ishonishi borasida berilgan savolga javob qaytarib. “Menimcha, Xitoy undan ham jiddiyroq muammodir”, – deya aniqlik kiritdi u.

 Avvalroq, Nьyu-Yorkdagi matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donalьd Tramp Qoʻshma Shtatlarda Xitoyning Amerika saylov jarayoniga aralashishga urinishini tasdiqlovchi dalillar borligini aytdi. Uning fikriga koʻra, Xitoy noyabrь oyida boʻlib oʻtadigan Kongressga oraliq saylovlarga taʼsir oʻtkazishga urinmoqda va respublikachilarning gʻalabasiga toʻsqinlik qilib, AQSh amaldagi maʼmuriyatining savdo siyosatini toʻxtatmoqchi. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bu bayonotlarni inkor etib, Pekin doimo boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslik tamoyiliga hurmat bilan qarab kelganini taʼkidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.