Putin xorijlik shaxslarni Rossiyaga kirishdan man qiluvchi qarorni tasdiqladi

413
0

Putin xorijlik shaxslarni Rossiyaga kirishdan man qiluvchi qarorni tasdiqladi

Chet el fuqarolarining Rossiya federatsiyasiga kirishi avvalgiga qaraganda yana ham qiyinlashdi. Huquqiy axborot rasmiy veb-sayti tarqatgan xabarga koʻra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin terrorizm va ekstremizmga bogʻliq faoliyatlarga aloqadorlikda gumon qilingan xorijlik shaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kirib kelishini taqiqlovchi qonunni imzoladi.

Yangi qonunga koʻra, Rossiyaga kelayotgan chet ellik shaxslar, agar Rossiyada qora roʻyxatga kiritilgan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan yoki Rossiya hududida tan olinmagan tashkilotlarga qoʻshilgan, deb gumon qilinsa, unday shaxslar uchun Rossiya hududiga kirishga ruxsat berilmaydi. Shu bilan bir qatorda Rossiya hududida yurishi istalmagan shaxslar roʻyxatida nomi mavjud boʻlgan chet ellikliklar ham Rossiya hududiga kirishdan mahrum qilinadi.

Shuningdek mazkur qonun har qanday chet ellik shaxsning Rossiya hududidan chiqib ketishini oldini olishga ham imkon beradi. Yaʼni terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash olib borish bilan shugʻullanayotgan Rossiyaning vazirliklari oʻrtasidagi qoʻshma muvofiqlashtirish hayʼati shunday qaror qabul qilgan taqdirda har qanday chet ellik shaxsning Rossiyadan chiqib ketishi man qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.