KXShT mashqlarining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi

787
0

KXShT mashqlarining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi

 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga aʼzo davlatlarning “Oʻzaro hamkorlik-2018” mashqlari soʻnggi bosqichi Qirgʻizistondagi “Edelьveys” poligonida boʻlib oʻtdi, deya xabar beradi RIA “Novosti” RF Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlumotiga tayangan holda.

 Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, mashqlar doirasida Rossiyaning Tu-22MZ tovushdan tez harakatlanuvchi raketa tashuvchi-bombardimonchisi “jangarilar” bazalari va noqonuniy qurolli tuzilmalarning uchta kolonnasini aniqladi, aviatsiya zarbasi oqibatida shartli dushman yoʻq qilindi.

 Rossiyaning Tu-95MS rusumli strategik raketa tashuvchisi poligon uzra parvoz qilgan, unga Qozogʻistondan Su-30SM koʻp funktsional qiruvchilari juftligi hamrohlik qilgan. “Timsohlar” – Mi-24 vertolyotlari – havo karuselini koʻrsatdi.

 Taʼkidlanishicha, mashqlarda “Iskander-M” raschyotlari, “Su-25” hujumkor samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari ham ishtirok etgan.

 10-13 oktyabr kunlari Qirgʻizistonning “Edelьveys” poligonida Armaniston, Belarusь, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston ishtirokidagi “Oʻzaro hamkorlik-2018” mashqlari boʻlib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.