AQSh maxsus vakili “Tolibon” bilan Afgʻonistondan askarlarni chiqarish masalasini muhokama qildi

797
0

AQSh maxsus vakili “Tolibon” bilan Afgʻonistondan askarlarni chiqarish masalasini muhokama qildi

 AQSh maxsus vakili “Tolibon” harakati aʼzolari bilan Qatarda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Afgʻonistondan chet el harbiy kontingentini olib chiqib ketish va mamlakatda tinchlik oʻrnatish masalalari muhokama qildi. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

Sal oldinroq AQShning Afgʻonistonda milliy yarashuv jarayoni boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Doxada “Tolibon” harakati aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazgani xabar qilingan edi.

 Harakat bayonotida “okkupatsiya” nihoyasiga yetgani va Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalalari muhokama qilingani aytilgan.

 Taʼkidlanishicha, tomonlar kelajakda yangi uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Afgʻonistonda hukumat kuchlari va mamlakatning 50%ni nazorat qilayotgan “Tolibon” harakati oʻrtasida kurash ketmoqda. Rossiya ayni vaqtda Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatida uchrashuv chaqirish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Taklifnomalar 12ta tomonga, shu jumladan, Doxadagi “Tolibon” siyosiy ofisiga ham yuborilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.