Hindiston prezidenti rasmiy safar bilan Tojikistonga keldi

Hindiston prezidenti rasmiy safar bilan Tojikistonga keldi

Hindiston prezidenti Shri Ram Natxa Kovind rasmiy safar bilan Tojikistonga keldi.  Uni shaxsan Emomaliy Rahmonning oʻzi kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muloqotda rahbarlar oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga kelishib olishdi. Hind tomoni Tojikistonga  20 million  dollarlik moliyaviy koʻmak berishga vaʼda qildi.

Tashrif roʻznomasida qayd etilishicha, ikki hukumat vakillari oʻrtasida fazoviy texnologiya taraqqiyoti, yoshlar taʼlim tarbiyasiga oid programmalar, sayyohlik, bogʻdorchilik va  ziroatga doir mavzular haqida ham muzokaralar boʻlib oʻtgan. Natijada hamkorlikka doir 10 hajjat  imzolangan.

Emomaliy Rahmon suhbat yakunida shunday dedi: “Biz Hindiston bilan togʻ sanoati, xususan metall va minerallarni qayta ishlab chiqish borasida, shu jumladan surma, simob va qimmatbaho toshlar, bezak toshlari va javohirlar xususida hamkorlik qilishga tayyormiz”.

Turkiston:

Kinofilm sahna koʻrinishidan birida boʻlgani kabi, Emomaliy Rahmon koʻchadan kelgan har bir kutilmagan “mehmonga”, “olavering, olavering!” deya, bir qarasang ekinzorlarni, bir qarasang katta inshootlarni, hatto Pomir (Badaxshondagi) qimmatbaho tosh-maʼdan konlarini taqdim etaveradi. Agar tang holatga kelib qolsa, darhol oʻzi kasod holda turgan davlat byudjeti hisobidan katta mablagʻ sarflab, rasmiy va norasmiy safarga otlanadi. Bundan 2 kun oldin Yaponiyaga safar qildi, ammo quruq qoʻl bilan, umidsizlanib qaytib keldi.

Bu yaroqsiz kufr sistemasi insoniyat boshiga faqat baxtsizlik keltiradi, chunki uning asosi botildir! Afsuski hukumat rahbarlari tish tirnogʻi bilan mansab kursisiga yopishib olib, oʻzi boshdan oyoq zulmatdan iborat boʻlgan sistemadan yorugʻlik qidirmoqdalar.

Yuqoridagi hakmorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar zamirida ulkan gʻarazli niyatlar  yashirin.  Bu degani surma, simob, qimmatbaho toshlar va javohirlar boshqa yurtga arzimas qarz evaziga beriladigan boʻldi. Tojikiston  allaqachon och boʻrilar tashlanadigan yemishga aylanib qolgan. Rossiya, Xitoy va AQSh mustamlakasi yetmaganday, endi Hind ham Tojikistondagi zaxiralarga, maʼdanlarga koʻz olaytirmoqda. Byudjetini tang holatga olib kelgan tojik hukumati, toʻrt tarafdan najot izlashdan boshqa chora topolmayapti.

Tojik  hukumati , xudbin elita, oʻz nafsi yoʻlida nafaqat fuqarolarini, balki oʻzini ham tubanlik jariga uloqtirmoqda.

Munavvara

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.