AQSh Tolibonni muzokaraga tortish ilinjida

AQSh Tolibonni muzokaraga tortish ilinjida

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Tolibonni Kobul hukumati bilan muzokara stoliga tortish uchun harakat qilmoqda. Frans Press axborot agentligining xabarlariga koʻra, Pompeo mintaqadagi urushni toʻxtatishga va oʻzaro muloqot boshlashga Tolibonni koʻndirish uchun Pokiston hukumatidan yordam soʻragan.

Pompeo Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureshi bilan Vashingtondagi oʻtkazgan uchrashuvda chogʻida, Tolibon bilan oʻtkaziladigan har qanday uchrashuv Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga katta hissa qoʻshishini maʼlum qildi.

Vashington Pokistonni ikki davlat chegaralariga hujum qilgan jangari guruhlarni eʼtiborsiz qoldirganlikda ayblayotgan bir paytda, Pompeo Islomobodga qarshi keskin munosabatlar sahifasini yopishni istaydi. Pompeo chorshanba kuni bergan bayonotida “Qoʻshma Shtatlar Pokistondagi yangi hukumat bilan ishlash va muloqotni davom ettirishni sabrsizlik bilan kutmoqda”, dedi.

Tolibonni Kobul hukumati bilan muzokara oʻtkazishga majburlash boʻyicha tinimsiz diplomatik harakatlar olib borilayotgan boʻlsa-da, Tolibonning soʻnggi hujumlari AQSh va Afgʻoniston hukumatini qiyin ahvolda solib qoʻymoqda.

Xabarlarda aytilishicha, AQSh va Afgʻon hukumatiga qarashli kuchlar Tolibonni ilgarilashdan toʻxtata olmayapti. Poytaxt Kobul va Gʻaznani bogʻlab turgan mintaqalar nazorat qilish uchun Tolibon va Afgʻon xavfsizlik kuchlari oʻrtasida kurash davom etmoqda. Tolibonning shahar va qishloqlarni birin-ketin egallab borayotgani haqida matbuotda xabarlar tarqalmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.