Tramp AQSh harbiy sanoat kompleksidagi zaif tomonlarni oʻrganmoqda

800
0

Tramp AQSh harbiy sanoat kompleksidagi zaif tomonlarni oʻrganmoqda

AQSh Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari Patrik Shanaxan AQSh harbiy sanoati kompleksidagi zaif tomonlar va umumiy ahvol boʻyicha AQSh prezidenti Donald Trampga hisobot taqdim qildi. Bu haqida Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders maʼlum qildi.

Sanders mazkur hisobotni “tarixiy” deb sifatlar ekan, prezident Tramp mamlakat mudofaa sanoati sohasida barqarorlikni va yaxshi vaziyatni himoya qilish bilan bevosita shugʻullanayotganligini va bu ish prezident Devid Eyzenxauerdan beri birinchi marta amalga oshirilayotganligini qayd etdi.

“Prezident rahbarligida mudofaa, savdo, energetika va mehnat vazirlari mudofaa sanoati sohasida taxminan 300ga yaqin zaifliklarni bartaraf etish boʻyicha hisobot tavsiyalarini amalga oshirish bilan shugʻullanmoqda”, dedi Sanders.

Uning soʻzlariga koʻra, Tramp maʼmuriyati mudofaa xarajatlarini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va jonlantirish orqali AQSh qurolli kuchlarini qayta tiklash siyosatini olib bormoqda.

Sandersning taʼkidlashicha, isloh qilinishi kerak boʻlgan beshta asosiy muammo bor: 1) Mudofaa byudjetini eʼtibordan chetda qoldirilganligi va davlat xarajatlari borasida umumiy aniqlikning yoʻqligi. 2) ishlab chiqarish hajmi va imkoniyatlarining kamayib ketishi. 3)  Qurol-yaroq savdosida bir qator mamlakatlar oʻrtasida raqobatning kuchayishi. 4) Pentagonning buyuk shartnomalar tizimidagi kamchiliklari. 5) Harbiy sanoat sohasida ishlayotgan xodimlar mahoratining pasayib ketishi.

Bundan avval AQSh maʼmuriyatidagi yuqori darajali rasmiy jurnalistlarga bergan intervьyusida Oq uy harbiy sanoat kompleksida “muhim zaif tomonlar” aniqlanganligini aytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.