Afgʻonistondagi urush Tramp davrida yanada kuchaydi

852
0

Afgʻonistondagi urush Tramp davrida yanada kuchaydi

 2014 yilda AQSh va Afgʻoniston tomonidan imzolangan xavfsizlik toʻgʻrisidagi kelishuvga qaramay, Donalьd Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng, bu mamlakatdagi mojaro yanada keskinlashdi, deb yozmoqda “Anadolu”.

 2001 yil 11 sentyabrda Nьyu-Yorkda sodir etilgan teraktlar ortidan Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistonga oʻz qoʻshinlarini joʻnatdi.

 Bugungi kunga kelib, Afgʻonistondagi operatsiya AQShga bir trillion dollardan oshiqroq pulga tushdi.

 2014 yilda (Barak Obamaning prezidentlik davrida) Kobul va Vashington xavfsizlik toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladi, unga muvofiq Afgʻonistonda 10 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi qolishi mumkin edi.

 Biroq, shunga qaramay, Donalьd Tramp hukumat tepasiga kelganidan soʻng, Afgʻonistondagi mojaro yanada keskinlashdi.

BMTning Afgʻonistonga yordam koʻrsatish boʻyicha missiyasi (UNAMA) hisobotiga koʻra, bu mamlakatda harbiy qurbonlar bilan birga, oddiy fuqarolar orasida ham oʻlim holatlari ortib bormoqda.

 2018 yil yanvar-iyun oylarida Afgʻonistonda 1692 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, bu soʻnggi 10 yildagi koʻrsatkichdan bir necha baravar yuqori, deyiladi hisobotda.

 AQShning Afgʻonistondagi “Qatʼiy qoʻllab-quvvatlov” (Resolute Support) missiyasi matbuot kotibi Knut Petersning “Anadolu” agentligiga aytishicha, bugungi kunda Afgʻonistonning taqdiri 41 mamlakat uchun muhim.

 “Bu mamlakatlarning barchasi Afgʻoniston xorijdan kelgan terrorchilar oʻzlarini xavfsiz his etadigan joyga aylanishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan”, – deya taʼkidlab oʻtdi matbuot kotibi.

 AQSh Afgʻonistonga bostirib kirganidan buyon oradan 17 yil oʻtdi, biroq vaziyat barqarorlashishiga hech qanday umid yoʻq. Oʻtgan yillar davomida Afgʻonistonda 217 ming kishi – harbiylar va oddiy fuqarolar halok boʻldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.