Hindiston AQShning sanktsiya qoʻllash tahdidiga javob berdi

Hindiston AQShning sanktsiya qoʻllash tahdidiga javob berdi

 Hindiston armiyasi shtabi rahbari general Ravat Bipin maʼlum qilishicha, Hindiston hukumati Rossiyadan S-400 sotib olinishi ortidan mamlakatga nisbatan AQSh sanktsiya qoʻllashi mumkinligini tushunib turibti. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.

 “Biroq biz mustaqil siyosat yuritamiz”, – deb alohida taʼkidlagan armiya rahbari.

 Generalning soʻzlariga koʻra, Rossiyaga Nьyu-Deli va Vashington oʻrtasida aloqalar mustahkamlanishidan “bezovta boʻlish kerak emas”.

 “Sanktsiyalarni muhokama qilayotgan paytda, kelgusida Amerika tomonidan qiyinchiliklar boʻlishiga qaramasdan, Vladimir Putin va Narendra Modi S-400 majmualarni sotib olish boʻyicha shartnomani imzolashmoqda”, – deb qoʻshimcha qildi general.

 Juma kuni Rossiya va Hindiston S-400 majmualarini yetkazib berish boʻyicha 5,43 millard dollarlik shartnomani imzolashdi. Hindiston Xitoy va Turkiyadan soʻng  “Trium” zenit majmualarini sotib olgan uchinchi mamlakat hisoblanadi.

 AQSh Hindistonning rejalaridan tashvishlanib, sanktsiyalar kiritilishini istisno qilmagandi.

Rossiya va Hindiston – harbiy-texnika sohasida yirik sherik boʻlgan mamlakatlardir: Hindiston armiyasi harbiy texnikasining 70 foizi Rossiyadan ishlab chiqarilgan. Rossiya har yilish Hindistonga milliard dollarlik texnika va qurol yarogʻ yetkazib beriladi.

Turkiston: 

AQShning xalqaro siyosatdagi yangi strotegiyasi Rossiya, Xitoy va Hindiston ittifoqi yoxud hamkorligini paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.

AQSh yangi strotegiyasiga koʻra olamiy politsiyachi vazifasini oʻz zimmasiga olmoqchi. Hatto dunyoni oʻz manfaatlariga muvofiq harbiy tartib intizom bilan ushlab turgani uchun, boshqa davlatlardan oʻzining harbiy xarajatlari uchun unga haq toʻlashlarini talab qilyapti.

Mabdaiy Islomga qarshi butun dunyo birlashib olib boradigan strotegik global olamiy kufr sistemasi, endi kufr mamlakatlar oʻrtalaridagi moddiy manfaatlar ustida boradigan siyosiy, iqtisodiy va harbiy manfaatlar talashish tarmogʻiga ham koʻchib oʻtmoqda. Yaʼni kufr olami oʻzlarining siyosiy vaznlari va harbiy quvvatlariga tayanib, oʻzaro manfaat talashishda bir birlariga qarshi tarafkashlik kurashi olib borishmoqchi. AQSh oʻz manfaatlariga zid ish olib borayotgan davlatlarga qarshi “markazlashgan qarshilik fronti”ni tuzib, ularni oʻsha davlatlarga qarshi yoʻnalishga majburlayapti. Xuddi shunday markazlashgan (global) qarshilik harakatlari, kufr olamlari tarafidan olamiy islomiy mabdaiy harakatga qarshi olib borilar edi. AQShning bu strotegiyasi  xalqaro qonun qoidalarni parchalab yuborishi mumkin. Oqibatda ular bir necha tarafga boʻlinib, har bir ittifoq oʻz qonuni bilan ish olib borishi mumkin boʻlgan vaziyatlar paydo boʻladi. Bu holat xalqaro hamjamiyat va olamiy boshqaruv sistemasining qulab borayotganidan darak beradi, insha Alloh!

Hindiston Rossiyaning xom ashyolari uchun ulkan bozor boʻlib, ularni faqat Xitoy birlashtirib yuborishi mumkin. Bu esa, xalqaro siyosatda katta oʻzgarishlarga sabab boʻladigan, AQShga qarshi yangi oʻta baquvvat ittifoqni paydo qilishi mumkin. Balki shu xavfning oldini olish uchun AQSh davlat kotibi Pampeo, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashgan boʻlsa ajab emas.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.