Shavkat Mirziyoyev Frantsiyaga tashrif buyuradi

430
0

Shavkat Mirziyoyev Frantsiyaga tashrif buyuradi

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018 yilning 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Frantsiyada boʻladi. Bu haqida “Sputnik” prezident matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

 Tashrif davomida davlat rahbarlari oʻrtasida muzokaralar, Frantsiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 Oliy darajadagi “Oʻzbekiston – Frantsiya” muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin olgan.

 “Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va sanʼat sohalarida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari  oʻrtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan”, – deyilgan xabarda.

 Shuningdek, Mirziyoyev BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda Oʻzbekiston va YuNESKO oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga moʻljallangan qoʻshma harakatlar rejasi qabul qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.