AQSh davlat kotibi KXDR yetakchisi bilan uchrashdi

497
0

AQSh davlat kotibi KXDR yetakchisi bilan uchrashdi

 AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo yakshanba kuni Pxenьyanga tashrif buyurib, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. U bu haqida oʻzining Twitter’ida maʼlum qildi.

 “KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish uchun Pxenьyanga amalga oshirilgan tashrif muvaffaqiyatli oʻtdi. Biz Singapurda erishilgan kelishuvlar ustida ishlashda davom etyapmiz. Men va AQSh davlat departamenti jamoasiga koʻrsatilgan qabul uchun tashakkur”, – deb yozdi u.

 “Kyodo” agentligi maʼlumotlariga koʻra, Maykl Pompeo yakshanba kuni Kim Chen In bilan Koreya yarim orolida denuklearizatsiyaga erishishga yoʻnaltirilgan ikki soatlik muzokaralardan soʻng Janubiy Koreyaga borgan. Bu Amerika davlat kotibining KXDRga toʻrtinchi tashrifidir. Dushanba kuni Pompeo Pekinga tashrif buyuradi va u yerda ham hukumat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

 Davlat kotibi shuningdek Yaponiyada ham boʻlib, u yerda bosh vazir Sindzo Abe va TIV rahbari Taro Kono bilan uchrashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.