Kirillov: Pentagon Oʻzbekistonda laboratoriya tashkil etgan

Kirillov: Pentagon Oʻzbekistonda laboratoriya tashkil etgan

 Ukraina, Ozarboyjon va Oʻzbekistonda Pentagon nazorati ostidagi laboratoriyalarni rekonstruktsiya qilish davom etmoqda, deb xabar berdi RF Qurolli kuchlarining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillov. Bu haqda RIA “Novosti” maʼlum qildi.

 “Lugar markazi AQShning keng qamrovli harbiy-biologik dasturining kichik elementidir. Rossiyaga yaqin hududlarda faollik kuchaytirildi, bu yerlarda ham Pentagon nazoratidagi laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Ukraina, Ozarboyjon va Oʻzbekistonda laboratoriya korpuslarini rekonstruktsiya qilish davom etmoqda”, – dedi u.

 Kirillovning soʻzlariga koʻra, ular faoliyatining ustuvor yoʻnalishi – yuqumli kasalliklar haqida maʼlumot yigʻish va patogen mikroorganizmlar shtammlariga ega boʻlgan, shu jumladan, antibiotiklarga chidamli hamda vaktsinalar himoya taʼsirini uzaytiruvchi milliy kollektsiyalarni olib chiqishdir.

 Avvalroq, Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Moskvada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donalьd Trampga Richard Lugar nomidagi laboratoriya faoliyatini tekshirish iltimosi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergandi. U, Giorgadzening bildirishicha, odamlarda oʻlim bilan yakun topishi mumkin boʻlgan tajribalar oʻtkazadi. Giorgadze 2015 yil dekabrda laboratoriyada S gepatitidan davolanish vaqtida 30 nafar odam halok boʻlgani haqida maʼlumotlarni keltirgan. 2016 yil aprelь va avgust oylarida, mos ravishda, 30 va 13 kishi vafot etgan boʻlsa, “oʻlim sababi” ustunida “nomaʼlum”, deya koʻrsatilgan, ammo sabablar tekshiruvdan oʻtkazilmagan. Uning soʻzlariga koʻra, ismlar aniqlanmagan, faqat ular tugʻilgan sana va jinslari boʻlgan raqamlar berilgan.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.