Atambayevni daxlsizlikdan mahrum etish taklif qilinmoqda

Atambayevni daxlsizlikdan mahrum etish taklif qilinmoqda

 Qirgʻizistonlik parlamentariylarning soʻzlariga koʻra, sobiq davlat rahbari mamlakat uchun koʻp zararga sabab boʻlgan bitimni tuzishda aybdordir, deb xabar qilmoqda “Kursiv”.

 Xususan, muxolif fraktsiya “Onuguu-Progress” deputati Ishoq Masaliyev va “Respublika – Ata-Jurt” hukumatga yaqin fraktsiya parlamentariysi Qurmanqul Zulushev “Prezident faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga tuzatishlarni palatadagi muhokamalarga olib chiqqan.

 “Jamoatchilik eshituvlaridan soʻng qonunga kiritilishi taklif oʻzgarishlar tuzatishlarning dastlabki versiyasi qayta ishlandi va undan 12-moddani chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Qonun sobiq davlat rahbarining toʻliq daxlsizligini cheklashni nazarda tutadi, 12-modda esa  sobiq prezidentga toʻliq daxlsizlikni kafolatlaydi”, – deya aytib oʻtdi parlament matbuot xizmati vakili.

 Qirgʻiziston parlamenti veb-saytida aytilishicha, keyinchalik Qirgʻiziston sobiq prezidenti daxlsizlikdan mahrum etiladi va uni prezidentlik vakolatlarini bajarish chogʻidagi harakatlari yoki harakatsizligi uchun tegishli javobgarlikka tortish mumkin.

 Muhokama chogʻida deputatlar 2017 yilning noyabrida oʻz vakolatlarini topshirgan sobiq prezident Almazbek Atambayev 2013 yilda Xitoyning TBEA kompaniyasi bilan XXR “Eksimbank”i kredit mablagʻlariga IES modernizatsiyasi uchun Qirgʻizistonga zararli boʻlgan koʻp millionli bitim imzolangani uchun masʼul ekanini maʼlum qilishdi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.