AQSh Rossiyani dengizda cheklab qoʻyish mumkin

834
0

AQSh Rossiyani dengizda cheklab qoʻyish mumkin

 AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinke, Yaqin Sharq mamlakatlariga neft mahsulotlari yetkazib berishini cheklash maqsadida, Rossiyani dengizda cheklab qoʻyishi mumkinligi haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda “Sputnik”.

 “Biz, harbiy dengiz flotimiz imkoniyatiga tayangan holda, dengiz yoʻllarining ochiqligini kafolatlashimiz mumkin. Kerak boʻlganda esa, Rossiya energiya manbaalari bozorga yetib kelishini cheklash maqsadida, yoʻllarni yopishimiz mumkin”, – dedi Zinke.

 Rossiya Davlat Dumasi hamda Federatsiya Kengashida Zinkening ushbu bayonotini keskin tanqid qilindi. Ularning fikriga koʻra, bunday bayonot berish, xalqaro huquq normalariga koʻra, urush eʼlon qilish bilan teng deb baholanishi mumkin. Ikkinchidan esa, AQShning ushbu bayonoti Rossiyaning Yaqin Sharqda taʼsiri kuchayib borayotganidan darak berishini taʼkidlashdi.

 Maʼlumki, AQSh Yevropada “Shimoliy Oqim-2” neft quvuri qurilishiga keskin qarshilik qilmoqda. Ular Yevropani Rossiya gazidan foydalanish oʻrniga AQShning suyultirilgan gazidan foydalanishga chaqirishmoqda. AQSh fikriga koʻra,  “Shimoliy Oqim-2” ishga tushsa, Rossiyaning  Evropada siyosiy taʼsiri kuchayadi. Rossiya esa “Shimoliy Oqim” faqat iqtisodiy loyiha ekanini taʼkidlamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.