Qirgʻiziston: “BMTni isloh qilish lozim”

839
0

Qirgʻiziston: “BMTni isloh qilish lozim”

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish zarurligini taʼkidladi. Jeenbekovning taʼkidlashicha, BMTni oʻzgartirish hozirgi kunda mavjud haqiqatdir, voqelik va zamon shuni talab qilmoqda.

“Tashkilotimiz islohotga muhtoj. Bu islohot universallik, keng geografik vakillik va BMTga aʼzo davlatlarning imkoni boricha eng kuchli qoʻllab-quvvatlashiga tayangan holda boʻlishi kerak. Aslida bu mavjud voqelik va zamon talabi hisoblanadi”, dedi Jeenbekov.

Anadolu xabar agentligining xabariga koʻra, AQShning Nьyu-York shahrida tashkil etilgan BMT Bosh Assambleyasining 73 yigʻilishiga ishtirok etgan Jeenbekov, Bosh Assambleyaga xitob qilib, zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi yangi xalqaro mexanizmlarini yaratish zarurligini taʼkidlagan.

Qirgʻiziston BMTning tinchlik, global xavfsizlik va barqaror rivojlanish maqsadlariga oʻz hissasini qoʻshish niyatida ekanligini qayd etgan Jeyenbekov “BMT Xavfsizlik Kengashiga saylanmagan mamlakatlarning qoʻllab-quvvatlovi, unga aʼzo boʻlgan davlatlarning teng huquqliligiga ishonch uygʻotadi va shu bilan tashkilotning ishonchliligini yana ham kuchaytiradi” deya qoʻshimcha qildi.

Jeenbekov, Markaziy Osiyoda suv va energetika zaxiralaridan foydalanish uchun yangi loyihalar ishlab chiqish kerakligini ham aytib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.