NATO hozircha Afgʻonistondan ketmasligini maʼlum qildi

NATO hozircha Afgʻonistondan ketmasligini maʼlum qildi

 NATO hozircha Afgʻonistondan chiqish imkoniyatini koʻrib chiqqani yoʻq, u mahalliy kuchlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda, chunki ketish bahosi ishtirokni saqlab qolishdan koʻra qimmat boʻlar edi, deb bayonot qildi chorshanba kuni alьyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

 Bryusselda 11-12 iyul kunlari boʻlib oʻtgan, “Qatʼiy koʻmak” missiyasiga hissa qoʻshadigan NATOga aʼzo mamlakatlar va hukumatlar rahbarlari hamda sheriklar ishtirokidagi sammitida afgʻon xavfsizlik kuchlarini moliyalashtirishni 2024 yilga qadar uzaytirish qarori qabul qilingan edi.

 “Biz ketish bahosini, qolish bahosi bilan solishtirganimizda, shunday xulosaga kelamizki, chiqish bahosi hamisha baland boʻladi. Chunki, agar biz hozir Afgʻonistondan ketsak, u holda Afgʻonistonga toliblar ham, “IShID” ham qaytishiga tayyor turishimiz kerak. “IShID” Suriya va Iroqda yoʻqotgan “xalifat”ni Afgʻonistonda tiklashga harakat qilar edi. Yaʼni, biz ketsak, yakun mana shunday boʻlishi ehtimoli yuqori”,- deb bayonot qildi Stoltenberg Nьyu-Yorkda.

 Alьyans Bosh kotibi soʻzlariga koʻra, “Afgʻonistondan chiqishning yoʻli – siyosiy yechimga kela olishga qodir boʻlishdir”, shu bois NATO mamlakat prezidentining toliblar bilan muloqotga qaratilgan tinchlik boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.

 “Biz Afgʻonistonda keragidan ortiq qolmaymiz”,- deb qayd etgan Stoltenberg, “alьyans qancha kerak boʻlsa, shuncha qolishini” qoʻshimcha qildi. U xalqaro terrorchilarning mamlakatga qaytishlariga yoʻl qoʻyilmasligini aytgan.

 Xabarlarga koʻra, Afgʻonistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” harakati oʻrtasida kurash ketmoqda. “Tolibon” mamlakat hududining 50%i ustidan nazorat olib bormoqda. Shu bilan birga Afgʻonistonda “IShID” guruhi ham oʻz taʼsirini kuchaytirmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.