Rossiya Suriyani S-300 bilan qurollantiradi

363
0

Rossiya Suriyani S-300 bilan qurollantiradi

 Rossiya Suriyaga zamonaviy S-300 zenit raketa kompleksini taqdim etadi. Bu haqda RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu 24 sentyabr, dushanba kuni xabar berdi, deb yozmoqda TASS.

 “Suriya qurolli kuchlariga ikki hafta ichida zamonaviy S-300 zenit raketa kompleksi taqdim etiladi. U 250 kilometrdan ortiq masofada havo hujumi vositalarini tutib olishi hamda bir vaqtning oʻzida havodagi bir nechta obʼektni aniq nishonga olishi mumkin”, – deya maʼlum qildi mudofaa vaziri.

 Shoyguning soʻzlariga koʻra, S-300 oʻzining imkoniyatlari va tezligi bilan Suriya havo hujumidan mudofaa tizimining jangovar salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlashi kerak.

 Iyun oyida Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyadan S-300 zenit raketa komplekslari yetkazib berilishi haqida xabar bermasligini maʼlum qilgandi.

 “Ushbu komplekslar taqdim etilishi yoki etilmasligi haqida biz hech kimga xabar bermaymiz. Bu qurol, u haqida qachon qoʻllanilsa, shunda bilib olishadi”, – degan edi Bashar Asad.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.