Qirgʻizistonda imomlar imtihondan oʻtkaziladi

581
0

Qirgʻizistonda imomlar imtihondan oʻtkaziladi

Qirgʻizistonda masjid imomlari qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bu haqida diniy ishlar boʻyicha davlat qoʻmitasi maʼlum qildi.

Olingan maʼlumotga koʻra, oktyabrь oyida barcha imomlar imtihondan oʻtkaziladi. Muftiyotning yangi ustaviga binoan barcha imomlar diniy va dunyoviy oliy maʼlumotli boʻlishi shart. Bundan avval 2016 yilda oʻtgan attestatsiyada imomlarning 92 foizi dunyoviy bilimi yoʻq ekanligi aniqlangan. Shundan soʻng Diniy qoʻmita yaʼni muftiyot, “Ыyman” fondi bilan birgalikda taʼlim tizimini tashkil qilgan edi.

Aytib oʻtish joizki, Qirgʻizistonda 2647 masjid, 107 madrasa, 10 Islom instituti bor. Imomlarning soni 2800 atrofida.

Turkiston: 

Qirgʻizistonda demokratiyaga asoslangan olamiy kufr boshqaruv sistemasi asosida hukm yuritiladi. Demak bu “din davlatdan, siyosatdan ajratilgan” degan aqidaga asoslangan. Shunday ekan, imomlarning dunyoviy ilmli boʻlish sharti nima uchun kerak boʻlib qoldi?

Oʻrta Osiyo mamlakatlari birlashib, Islom va musulmonlarga qarshi oʻzaro uygʻunlashgan yaxlit bir kurash strotegiyasini ishlab chiqmoqchi. Hukumatning bu yoʻnalishdagi loihasi, Islomga qarshi teologiya (diniy dunyoqarashni ilmiy izohlash) asosida ishlab chiqilgan yoʻnalish boʻyicha diniy yetakchi guruhni paydo qilishga asoslangan. Chunki imomlarning dunyoviy ilmlarni bilishlari yoki endi oʻrganishlari dinni dunyoga muvofiqlashtirish uchun kerak. Teologiya ilmi faqat shu maqsad asosida ishlab chiqilgan kufr tarmogʻidir. Yaʼni teologiya Allohning hukmlarini aqlga solish, ularni mantiqiy izohlash, sharʼiy hukmlarni voqega moslashtirish uchun aqliy illatlash kabi nosharʼiy ilmiy asosga qurilgan. Demak bu ilmiy yoʻnalish (teologiya) imomlarga, voqeʼlikdagi kufr boshqaruviga (siyosatiga) “sharʼiy tus”  berishning nosharʼiy yoʻllarini oʻrgatadi.

Imomlarni attestatsiyadan oʻtkazishdan maqsadga kelsak, hukumat xavfsizlik kuchlari vositasida butun imomlarni oʻz nazorati ostiga olmoqchi. Ular imomlarni ikki yoʻnalishda tarbiyalab borishmoqchi. Birichi yoʻnalish, ilm berish tarmogʻini markazlashtirish, yaʼni yuqorida aytilganidek, dunyoviy ilmlar oʻrgatish bilan ularni sharʼiy hukmlarga muvofiqlashtirish yoʻllarini oʻrgatishdir. Bu teologiya ilmi vositasida olib boriladi. Ikkinchi yoʻnalish, imomlarni hukumatga bogʻlab borish maqsadida yuritilayotgan ishlarni yanada kuchaytirib borishdir. Demak attestatsiyadan oʻtkazish harakati hukumatning boshqaruv siyosatiga imomlarni moil qilish asosida olib boriladi. Yaʼni baʼzi Oʻzbek imomlari va ulamolari singari hukumat bilan tigʻiz hamkorlik qilishga rozi imomlar izlanadi. Iymoniga sodiq boʻlgan imomlar oʻz oʻrinlaridan boʻshatiladi. Ularning oʻrinlariga yangi teologlar saylanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.