Konashenkov: Il-20 ekipaji (Isroil) tufayli halok boʻldi

Konashenkov: Il-20 ekipaji (Isroil) tufayli halok boʻldi

 (Isroil) uchuvchilari Rossiya samolyoti ortida yashiringan holda uni raketa zarbasiga duch qilgan, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igorь Konashenkov.

 Uning xabariga koʻra, 17 sentyabr kni soat 22:00da (Isroil) havo kuchlarining toʻrtta F-16 samolyoti Latakiya shahri yaqinidagi obʼektlarga hujum uyushtirdi. Isroil uchuvchilari Oʻrta yer dengizi tomondan past uchib nishonga yaqinlashgan.

 “Oʻzlarining ushbu manyovri bilan (Isroil) uchuvchilari ushbu hududda boʻlgan kemalar va uchuvchi apparatlar uchun ataylab xavfli vaziyat yaratishdi”, – dedi Konashenkov.

 Uning soʻzlariga koʻra (Isroil) samolyotlari bomba tashlaydigan nishon Frantsiyaning “Overn” fregati hamda Rossiyanin Il-20 samolyoti qoʻnayotgan joyga yaqin boʻlgan.

 “Rossiya samolyoti ortida yashiringan holda (Isroil) uchuvchilari uni Suriya havo mudofaasi kuchlarining oʻti ostida qoldirdi. Buning oqibatida oʻlchami F-16 samolyotlaridan ancha katta boʻlgan Il-20,  “S-200” raketalarining oson nishoniga aylangan”, – dedi Konashenkov.

 “Isroil havo hujumini boshqaruv tizimi hamda F-16 uchuvchilari 5 km masofadan pastlab kelayotgan Rossiya samolyotini koʻrmasliklarining iloji yoʻq edi, lekin shunday  boʻlsada ular ushbu xoinona harakatlarni amalga oshirishdi”, – dedi Mudofaa vazirligi vakili.

 (Isroil) rejalashtirilayotgan hujum haqida Rossiya qoʻshinlari qoʻmondonligini ogohlantirishi kerak edi, lekin u bunday qilmagan. Ogohlantirish zarbadan bir daqiqa oldin “qaynoq liniya” orqali kelib tushgani sababli, Rossiya samolyotini xavfli hududdan olib chiqib ketishning iloji boʻlmagan.

 “Isroil hatti-harakatini dushmanga xos deb hisoblaymiz. (Isroil) harbiylarining maʼsuliyatsizligi oqibatida 15 nafar Rossiya harbiylari qurbon boʻldi. Bu Rossiya – (Isroil) hamkorligi ruhiga mutlaq javob bermaydi. Biz bunga loyiq javob berish huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz”, – deyilgan Mudofaa vazirligi xabari soʻngida.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.