Qoʻshma Shtatlar Injirlik havo bazasidagi faoliyatini toʻxtatish niyatida emas

Qoʻshma Shtatlar Injirlik havo bazasidagi faoliyatini toʻxtatish niyatida emas

AQSh kuchlari Turkiyada joylashgan Injirlik havo bazasidagi harbiy faoliyatini toʻxtatishni rejalashtirayotgani yoʻq. Bu haqida Pentagon matbuot kotibi Erik Bahon maʼlum qildi.

“Qoʻshma Shtatlar Turkiyadagi faoliyatini toʻxtatmaydi. AQSh oʻnlab yillar davomida Injirlik havo bazasidan foydalanib kelyapti. NATOdagi ittifoqchisi boʻlgan Turkiya koʻmagida oʻz faoliyatini yana davom ettiradi”, dedi Erik Bahon.

Pentagon matbuot kotibi Turkiyani “terrorchi” tashkilotlarga kurashish uchun xalqaro koalitsiyadagi AQShning doimiy hamkori sifatida baholadi. Erik Bahonga koʻra, Injirlik orqali amalga oshirilgan operatsiyalar paytida AQSh va Turkiya oʻrtasida koordinatsiya mavjud boʻladi.

Xabarda aytilishicha, AQSh kuchlarining Injirlik bazasidan Gretsiyadagi harbiy bazalarga koʻchib oʻtishi haqida tarqalgan maʼlumotlar Pentagonni bunday bayonot berishga majbur qilgan.

Bundan avval AQSh gazetasi Voshington bilan Anqara oʻrtasidagi munosabatlar haqida yozar ekan, yuzaga kelgan keskinlik sababli AQSh oʻz harbiylarini Turkiyaning Injirlik bazasidan Yunonistonning yangi bazasiga olib chiqishni rejalashtirayotganligi va AQSh rasmiylari Gretsiya hukumati bilan yunon bazalaridan foydalanish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Turkiston:

Erdogon AQShga qarshi quruq safsata sotmay, xech boʻlmasa shu bazani berkitib qoʻyganida edi, uning Amerikaga qarshi ambitsiyalari qalbaki emasligiga ishongan boʻlarmidik!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.