AQSh yahud vujudiga mudofaani mustahkamlash uchun 38 mlrd dollar beradi

AQSh yahud vujudiga mudofaani mustahkamlash uchun 38 mlrd dollar beradi

 AQSh Kongressi (isroil)ga mudofaani mustahkamlashi uchun 2019 yildan 2028 yilgacha 38 milliard dollar ajratilishini koʻzda tutuvchi qonunni maʼqulladi.

 “Haaretz” nashri xabariga koʻra, mazkur qonun avgust oyining boshida Senat tomonidan tasdiqlangan edi, endi uni prezident Donalьd Tramp imzolashi zarur.

 Qonun tashabbuschilarning maqsadi kelgusida Kongress tarkibi yoki prezident kim boʻlishidan qatʼi nazar, harbiy yordam haqidagi shartnomani byudjet nizolaridan himoya qilishdir.

 Qonun davlat byudjetidan (isroil)ga yordam koʻrsatish mexanizmini belgilab beradi. Shuningdek, qiymati 1 milliard dollarga teng qurol zaxirasi shakllantiriladi va (isroil) bilan hamkorlikda uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurash dasturi tuziladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.